Tadbir davomida universitet rektori Maksudjan Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan pedagog-xodimlarga berilgan ilmiy unvon va darajalar diplom va attestatlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Universitet jamoasi ushbu ustozlarimizni chin dildan tabriklab, kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.











