Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/08/2022
Chop etish
JDPU da  ijodiy imtihonlar oxirlab qoldi:

Jismoniy tarbiya yo‘nalishida kasbiy(ijodiy) imtihonlar qanday o‘tmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetiga 2022-2023-o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2022-yil 30-iyuldan 7 avgustgacha bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bugun Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning yettinchi kuni, Imtihonlar ham oxirlab qoldi. Jadvalga asosan imtihonlarning so‘nggi kunlarida  Jismoniy madaniyat (shu jumladan, xotin-qizlar sporti), Sport faoliyati (Voleybol, Kurash), Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.Abiturientlarning tirishqoqligi ayniqsa xotin-qizlarimizning aynan shu yo‘nalishlarga hujjat topshrib, harakat qilayotgani bizni quvontiradi. Xabaringiz bor davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari bilan keyingi besh yilda sport ta’limiga munosabat keskin o‘zgardi. Bugun sportdan ta’lim beradigan o‘qituvchilar orasida ayol o‘qituvchilar ham ko‘paymoqda. Bu mamlakatimizda xotin-qizlarning sportga qiziqishi oshayotganidan, joylarda esa ayol sport murabbiylariga ehtiyojning yuqoriligidan dalolat beradi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Ijodiy imtihonlar jarayonidagi ayrim holatlarga to‘xtalib o‘tmasak bo‘lmaydi. Qabul jarayonlariga raqamli texnologiyalarning tatbiq etilishi va ko‘pchilikning “Kattaroq tanishing, yoki puling bo‘lmasa  o‘qishga kira olmaysan”, degan tushunchasini,  o‘zgartira oldi. Abiturientlar bilan birga kelgan ota –onalar yaqinlar bilan suhbatlashsangiz “Mana nazorat kuchayibdi tanish-bilishchilikka   o‘rin qolmabdi”, degan fikrlarni eshitasiz.

Bugun abiturientlar orasida  endigina maktabni bitirib kelgan o‘g‘il qizlarimiz qatorida yoshi katta, oilali, farzandli bo‘lishiga qaramasdan, imtihonlarni normativlar asosida topshirishga jon-jahdi bilan intilayotganlarni ham uchratasiz.  Intilganga tole yor deyishadi. Jaryonlarda ishtirok etayotgan har bir abiturientga omad tilab qolamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

                                                                                  Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati.


Ulashish:
1 112
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali doirasidagi tanlov va musobaqalar boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun qator tanlov va sport musobaqalari boshlandi.
Fizika va texnologik ta’lim fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Fizika va texnologik ta’lim fakulteti pedagog xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
“Bitiruvchi–2026” uchrashuvi va “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va maktab ta’limi fakulteti bitiruvchilari uchun “Bitiruvchi – 2026” mavzusida ish beruvchilar bilan uchrashuv va “Kelajakka qadam” dasturi ijrosiga bag‘ishlangan...