Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
11/02/2019
Chop etish
Institutimizda zamonaviy SMART auditoriyasi tashkil etildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Jizzax davlat pedagogika institutida interaktiv va innovatsion, zamonaviy SMART auditoriyasi tashkil etildi.  SMART auditoriyasini qisqa vaqt ichida aniq va tabiiy fanlarga oid eng so‘nggi rusumdagi ko‘rgazmali qurollar va zamonaviy jihozlar jumladan, 65 dyumli

interaktiv ekran, WI-FI va noutbuk qurilmalari bilan jihozlab, xalqaro andozalarga mos holatga keltirildi.

SMART auditoriyasi tashkil etishdan asosiy maqsad yangi innovatsion loyihalar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish, yoshlarni aniq va tabiiy fanlar sohasiga oid eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib borish, iqtidorli talabalar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, kelgusida ushbu auditoriyada eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda on-line vebinarlar, davra suhbatlari, xalqaro konferensiyalarni tashkil etishdir.


Ulashish:
1 049
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.