Tashkilotchilar: MDH davlatlarida pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha bazaviy tashkilot — Moskva pedagogika davlat universiteti (MPGU) va Yevrosiyo pedagogik universitetlar assotsiatsiyasi (YeAPU).
Maqsad: Rus tilini aktiv bo‘lmagan (chet) til sifatida o‘qitish sohasida ilg‘or pedagogik tajribalarni aniqlash, ulashish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.
Ishtirokchilar: Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlaridagi pedagogik ta’lim dasturlarini amalga oshirayotgan oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari.
Muddat va bosqichlar:
I bosqich (masofaviy): 2025-yil 13-oktyabr — 16-noyabr.
Taqdim etiladigan materiallar:
Videorolik — “Rus tili: zamonlar va avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlik”;
Tajriba tavsifi — rus tilini chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha amaliyot/ metodika bayoni.
Natija: 25 nafargacha ishtirokchi II bosqichga saralanadi.
II bosqich (an’anaviy, Moskva, MPGU): 2025-yil dekabr oyining birinchi yarmi (sana qo‘shimcha e’lon qilinadi).
Dastur: master-klass taqdimotlari va yakuniy natijalar.
Taqdim etish tartibi va talablar:
Ariza topshirish, materiallarni shakllantirish formati, baholash mezonlari va boshqa talablarga oid ma’lumotlar ilovadagi Nizom va axborot xatida keltirilgan.
Ma’lumot uchun: Xalqaro hamkorlik bo‘limi
