Yaqinda Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari va shaxrimizdagi 59816 raqamli harbiy qism
tarkibi hamkorligida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Badiiy adabiyot ma’naviyat ko‘zgusi “shiori ostida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar Jizzax davlat pedagogika instituti filologiya fanlari nomzodi , falsafa doktori Elmurod Narzullaev bilan Abdulla Qodiriyning ”O‘tkan kunlar “ romanini muhokama qilishgan bo‘lsa psixolog Sarvar Nomozov yordamida stress va depressiyalardan tezroq chiqib ketish yo‘llari to‘g‘risida fikr almashishdi.
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati