Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
13/03/2026
Chop etish
Fizika va texnologik ta’lim fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Fizika va texnologik ta’lim fakulteti pedagog xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, xususan davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish majburiyati hamda axborot beruvchi shaxslarni himoya qilish tartibi tushuntirildi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 14-oktyabrdagi 404-sonli buyrug‘iga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslardan sovg‘a va moddiy rag‘bat vositalarini qabul qilish taqiqlanishi, kadrlar bilan bog‘liq jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Ulashish:
66
Boshqa rubrikalarda mashhur

Fizika va texnologik ta’lim fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Fizika va texnologik ta’lim fakulteti pedagog xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, xususan davlat...
“Bitiruvchi–2026” uchrashuvi va “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va maktab ta’limi fakulteti bitiruvchilari uchun “Bitiruvchi – 2026” mavzusida ish beruvchilar bilan uchrashuv va “Kelajakka qadam” dasturi ijrosiga bag‘ishlangan...
Jizzax davlat pedagogika universitetida umumxalq hashari uyushqoqlik bilan o‘tmoqda.
Unda volontyorlar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, universitet hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, yashil maydonlarni tartibga keltirish, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarish qilish ishlarini...