Arifxodjayev Gulyam Sayerovich
Fakultet dekani
Dekanning onlayn qabulxonasi
Tibbiyot, sog‘liqni saqlash va reabilitatsiya sohalarida yetuk mutaxassislar tayyorlovchi fakultet
Tibbiyot fakulteti – bu aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishga xizmat qiluvchi yuqori malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaydigan zamonaviy ilmiy-ta’lim maskani hisoblanadi. Fakultet bitiruvchilari mamlakatimizning turli tibbiyot muassasalarida shifokor, hamshira, tibbiy pedagog, sog‘lomlashtirish muassasalari mutaxassisi sifatida samarali faoliyat yuritmoqdalar.
Fakultetda tahsil olayotgan talabalar inson anatomiyasi va fiziologiyasi, ichki kasalliklar, umumiy va ixtisoslashgan tibbiyot, profilaktika, sanitariya-gigiyena, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va zamonaviy tibbiy texnologiyalar bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Bitiruvchilar o‘z faoliyatlarini poliklinika va shifoxonalarda, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya markazlarida, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimining turli bo‘g‘inlarida davom ettirishlari mumkin. Ular magistratura, klinik ordinatura yoki ilmiy-tadqiqot institutlarida tahsilni davom ettirish imkoniyatiga ham egalar.
Fakultetda ta’lim “Umumiy tibbiyot”, “Hamshiralik ishi”, “Tibbiy pedagogika”, “Tibbiy-psixologik xizmat” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi. Talabalarga anatomiya laboratoriyalari, zamonaviy simulyatsion uskunalar, amaliyot bazalari va malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan ta’lim beriladi.
Fakultet ijtimoiy
tarmoqlarda
Ta’lim dasturlari
Kafedralar
Xodimlar
Qosimova Mashhura Olimjonovna
Tyutor
Qobilova Nargiza Mamatovna
Tyutor
Fakultet tarixi
Tashkil topishi
Tibbiyot fakultetining ilmiy va metodik asoslari Jizzax davlat pedagogika universitetida ilk bor 1979-yilda tashkil etilgan Inson hayotiy faoliyati xavfsizligi kafedrasi faoliyati bilan bog‘liq. U kafedra professor Murod Rasulov boshchiligida faoliyat yuritgan bo‘lib, tibbiy bilimlar shu asosda universitetda shakllana boshlagan. 1983-yilda esa rasmiy Tibbiy bilim asoslari kafedrasi tashkil etilgan va uning ilk mudiri tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Sa’dulla Ibodov bo‘lgan.
1997-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyasiga binoan universitet qoshida Ibn Sino sog‘lomlashtirish markazi tashkil etilgan. Markazning birinchi rahbari shifokor Mahmud Kamolov bo‘lgan. U 2009-yilgacha bu lavozimda ishlagan.
Rivojlanish bosqichlari
Tibbiyot fakulteti 2020-yil 14-dekabrda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 654-sonli buyrug‘i asosida rasmiy tashkil etilgan. Shu asosda fakultet va uning tarkibidagi Umumkasbiy fanlar kafedrasi tashkil topdi.
2021–2022 o‘quv yilidan boshlab fakultetga biologiya fanlari nomzodi, dotsent Dilfuza Imomova dekan etib tayinlandi. Umumkasbiy fanlar kafedrasiga esa tibbiyot fanlari doktori, dotsent Nurali Qurbonov rahbarlik qilgan. Shu davrda fakultetning dastlabki ikki yo‘nalishi — Davolash ishi va Pediatriya ishi ochilgan. 2021-yilda bu yo‘nalishlarga mos ravishda 66 nafar talaba o‘qishga qabul qilingan.
Bugungi faoliyati
Bugungi kunda fakultetda 245 nafar talaba tahsil olmoqda: 140 nafari “Davolash ishi”, 105 nafari “Pediatriya ishi” yo‘nalishida o‘qiydi. Fakultet tarkibida 65 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ular orasida yuqori malakali shifokorlar, fan nomzodlari va PhD darajasiga ega pedagoglar mavjud.
Talabalarning amaliyoti uchun Jizzax shahridagi bir nechta tibbiy muassasalar bilan shartnomalar imzolangan:
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi
Viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi
Shoshilinch tibbiy yordam markazi
Viloyat perinatal markazi
Onkologiya, dermatologiya, bolalar shifoxonasi va boshqalar
Shuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi Jizzax jamoat salomatligi texnikumida fakultet uchun 10 ta o‘quv xonasi ajratilgan.
Hozirgi kunda fakultetga tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Laziz G‘oziyev rahbarlik qilmoqda.
Sanalar bo'yicha tarix
Fotogalereya
Fotogalereyada siz fakultet hayotidagi yorqin lahzalar bilan tanishishingiz mumkin: o‘quv tadbirlari, ilmiy konferensiyalar, ijodiy ko‘rgazmalar va kundalik talabalar hayoti.
