Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Uncategorized
Uncategorized
|
29/03/2021
Chop etish
E’LON!!!

Jurnalistikaga qiziquvchi Jizzax davlat pedagogika instituti talaba yoshlari diqqatiga!

Jizzax davlat pedagogika instituti matbuot xizmati “Yosh ijodkorlar maktabi” loyihasini e’lon qiladi. Mazkur ijod maktabiga jurnalistika sohasiga qiziqqan iste’dodli yoshlar qabul qilinadi.

“Yosh ijodkorlar maktabi”da tinglovchilarning matbuot, televidenie, radio, internet jurnalistika va fotojurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha  bilim va malakasi oshiriladi.

Bo‘lajak iqtidorli yosh jurnalistlarning barcha yo‘nalishdagi ijodiy ishlari institutning rasmiy veb sayti  va Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanalida muntazam berib boriladi.

Qadrli yosh qalamkashlar, bo‘lajak jurnalistlar, shoshiling, biz sizni kutamiz!!!

Jizzax davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati (bosh bino,rektorat 2 qavat 203 xona )


Ulashish:
1 113
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.