Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
17/05/2019
Chop etish
E’lon!!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019/2020 o‘quv yili qabulidan boshlab, davlat OTMlariga bakalavriatga o‘qishga kirish uchun abiturientlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.

Shuningdek, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abiturientlardan (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etishi uchun EKIH yarim baravari (101 ming 365 so‘m ) miqdorida to‘lov undiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratiladi.

Birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan quyidagi uchta fan kiritiladi:

👉 ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);

👉 matematika;

👉 O‘zbekiston tarixi.

Ikkinchi bo‘limga abiturient tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritiladi.


Ulashish:
1 366
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi o’tkazildi.
Tadbirda universitet rahbariyati va 500 nafarga yaqin iqtidorli talabalar qatnashdi.
JDPU «Ziyokor» voleybol jamoasi viloyat IIB boshlig‘i kubogini qo‘lga kiritdi.
Sportning voleybol turi bo‘yicha Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.