Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
15/01/2026
Chop etish
 DIQQAT, E’LON!

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uchun oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddati o‘zgartirilgan.

🗓 Ariza topshirish muddati: Arizalar har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) qabul qilinadi.

📌 O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash tartibi: Respublikaning bir oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga ikki uzrli sabab asosida o‘qishni ko‘chirish yoki o‘qishni tiklash bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 🌐 transfer.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.

📄 Talab etiladigan hujjatlar:

  • akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;

  • o‘qishni ko‘chirish (tiklash) sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.

⚠️ Muhim eslatmalar:

  • Bahorgi semestr oldidan bir oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga “o‘qishni ko‘chirib tiklash” bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi.

  • Ariza topshirish jarayonida kiritilayotgan ma’lumotlar hamda yuklanayotgan hujjatlar yuborishdan oldin diqqat bilan tekshirilishi lozim, chunki ariza yuborilgandan so‘ng uni tahrirlash imkoni mavjud emas.

🗓 Ko‘rib chiqish muddati: Arizalar oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 21-yanvardan 10-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va natijalari bo‘yicha talabgorlarga belgilangan tartibda ma’lum qilinadi.

📍 О‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash masalalari bo‘yicha talabalar hamda fuqarolarni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish, shuningdek akademik ma’lumotnoma va transkript nusxalarini olishda yordam ko‘rsatish uchun quyidagi mas’ul xodimlarga murojaat qilish mumkin:

To‘g‘izov Erkin — buyruqdan ko‘chirma va transkript berish 📞 93 726 23 64, 93 301 11 76

Tayirov Mansur — tiklash va ko‘chirish bo‘yicha ma’lumot 📞 50 515 17 72

Abjalov Bekzod — tiklash va ko‘chirish bo‘yicha ma’lumot 📞 94 191 41 22


Ulashish:
1 729
Boshqa rubrikalarda mashhur

 “Men kelajagimga befarq emasman” psixologik aksiyasi o‘tkazildi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan Narkoprofilaktika oyligi doirasida “Men kelajagimga befarq emasman” nomli psixologik aksiya tashkil etildi.
“Kitobxon talaba – 4”: nufuzli asarlar bilimdonlarni saraladi.
Universitetda “Kitobxon talaba” tanlovining 4-mavsumi Yoshlar yetakchilari boshchiligida yuqori saviyada tashkil etildi. Tanlov bu gal adabiyot ixlosmandlari uchun dolzarb va mazmunan chuqur bo‘lgan asarlar asosida...
“Bitiruvchi – 2026”: Ish beruvchilar bilan ochiq muloqot va ishga taqsimot.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida “Bitiruvchi – 2026” mavzusida ish beruvchilar bilan uchrashuv hamda yakuniy ishga taqsimot tadbiri tashkil etildi.