Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
16/05/2022
Chop etish
Diqqat elon!

O‘zbekistonda SHXTning Xalq diplomatiyasi markazining 2022-yil 14-apreldagi 220/22-sonli xatiga muvofiq quyidagilarni ma’lum qilamiz: Rossiyaning “Кузбасс” ilmiy va ta’lim markazi tomonidan “Butunjahon Yer kuni” (22-aprel) va “Butunjahon atrof muhitni himoya qilish kuni” (5-iyun)ga bag‘ishlangan Kemerovo viloyatining ekologik loyihalari va yoshlar tashabbuslarining Хalqaro tanlovi e’lon qilingan.
Mazkur tanlov to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyidagi veb-sahifa orqali tanishish mumkin:
https://ноц42.рф/events/konkurs_ecology
Hujjat topshirish uchun oxirgi muddat – 2022-yil 16-may.
Barcha tafsilotlar va ariza yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotni olish uchun “Кузбасс” ilmiy va ta’lim markazi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘I I.A.Skornyakov bilan bog‘lanish mumkin, tel.: +7 904 960 90 56, elektron manzil: ias@nots42.ru
Xalqaro Hamkorlik Bo’limi


Ulashish:
1 067
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor olimpiadasi: Ingliz tili yo‘nalishida saralash bosqichi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘tkazilayotgan Rektor olimpiadasi doirasida ingliz tili yo‘nalishi talabalari uchun navbatdagi saralash bosqichi tashkil etildi.
Bitiruvchilar bandligi masalasiga bag‘ishlangan tahliliy-tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2025–2026 o‘quv yilida bitirayotgan talabalarning ish bilan ta’minlanishini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
“Bitiruvchi – 2026”: bitiruvchilar bandligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam.
Jizzax davlat pedagogika universitetining Bo‘g‘ishamol binosida Tarix fakulteti bitiruvchilari uchun “Bitiruvchi – 2026” mavzusida ish beruvchilar bilan uchrashuv hamda “Kelajakka qadam” dasturi ijrosiga bag‘ishlangan seminar...