Rektor yordamchisi
Bahromov Javoxir Rustam o‘g‘li
Rektor yordamchisi
Telefon raqami
+998 91 941-15-11
Elektron pochtasi
bahromov_javohir@mail.ru
Ish vaqti
Har kuni 08:30 – 16:30
Manzili
130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 4.
Asosiy funksiya va vazifalari
Rektor yordamchisining lavozim vazifalari:
- Kelib tushgan, jo’natiladigan va ichki hujjatlar rektorga ma’lum qilinishi uchun ularning o’z vaqtida ko’rib chiqilishini ta’minlash;
- Rektorning topshirig’i bo’yicha hujjatlarning o’z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish;
- Rektorat yig’ilishlarining ishini tashkil etishni ta’minlash, majlislarda bevosita qatnashish hamda qabul qilingan qarorlar va rektorning ko’rsatmalari bajarilishini nazorat etish;
- Rektorning respublika, yuqori tashkilotlarida qiladigan ma’ruzalari va axborotlari uchun rektor ko’rsatmasiga binoan dekanatlar, bo’limlar va xizmatlarning axborotini yig’ish va umumlashtirish;
- Yuqori tashkilotlarning talablariga binoan ma’lumotnomalar tayyorlash va imzolash uchun rektorga taqdim etish;
- Rektor tomonidan fuqarolarni qabul qilishda ishtirok etishi va qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlik buyruqlari bilan belgilangan lavozim vazifalarini talab darajasida bajarilishi va ijro-intizomiga rioya qilinishi;
- OTMsi tarkibiy bo’linmalarini aylanib chiqish hamda ularning ishlarini tekshirish chog’ida rektorga hamrohlik qilish, u bergan farmoyishlarning ijro etilishini nazorat qilish
Xodimlar
Bahromov Javoxir Rustam o‘g‘li
Rektor yordamchisi
