Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Registrator ofisi

Avazov A’zam Januzaqovich

Bo‘lim boshlig‘i


Telefon raqami
+998 93 307-03-06
Elektron pochtasi
azam@jspi.uz
Ish vaqti
Har kuni 08:30 – 16:30
Manzili
130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 4.
Факультет

Asosiy funksiya va vazifalari

Yuqori turuvchi tashkilotlar hujjatlarini ijrosini ta‘minlash

  • O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, Prezident Farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qarorlari va buyruqlarini ijro etish.
  • Universitet Nizomi, Kengashi qarorlari va rektor buyruqlariga muvofiq faoliyat yuritish:

O‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish

  • O'quv-tarbiya jarayonida o'qitishning ilg'or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o'qitish, yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Universitetning talabalar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish sohasidagi missiyasi hamda asosiy strategik yo'nalishlarini yuqori darajadagi ishonchlilik, samaradorlik va mas'uliyat bilan amalga oshirish;
  • Ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va to'g'ridan-to'g'ri ularni boshqarish;
  • Ofis xodimlarining lavozim yo'riqnomalarini ishlab chiqish;
  • Talabalarga ko'rsatiladigan xizmatlarning sifatli va o'z vaqtida bajarilishini doimiy nazorat qilish;
  • Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va universitet tomonidan o'rnatilgan talablar asosida o'quv jarayonini tizim orqali to'g'ri tashkil etilishini hamda professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalarning bu jarayondagi faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
  • "HEMIS", "Moodle", "LMS" ta'lim platformalari va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish "ijro.gov.uz" tizimidan foydalanish va ijrosini ta'minlash:
  • Professor-o'qituvchilar va talabalarga Hemis tizimda ishlashiga oid tegishli maslahatlar berish:

O‘quv konferensiyalarini tashkil etish, uslubiy ta‘minotni rivojlantirish va kadrlar bilan ta‘minlashni muvofiqlashtirish

  • "Registrator ofisi" vakolatiga kiradigan masalalarni muhokama qilish bo'yicha yig'ilishlar o'tkazish hamda seminarlar tashkil etish:
  • Ofis xodimlari, dekanatlar, kafedralar va boshqa bo'limlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • Mahalliy va xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan akademik mobillik bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish.

O‘quv jarayoniga oid hisobotlarni tayyorlash

  • Ofisda amalga oshirilgan ishlarning holatini, shuningdek, universitetdagi o'quv jarayonining tashkil etilishi holatini tizim orqali baholab borish;
  • Talabalar, resurslar, shartnomalar, mashg'ulotlar va talabalarning o'zlashtirishi haqidagi turli xil statistik ma'lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish.
  • Universitet tomonidan Statistika agentligiga taqdim etiladigan hisobot shakllarini yuritishni nazorat qilish.
  • Xizmat ko'rsatish (front office) va Ma'lumotlar bazasi (back office) bo'lim boshlig'i va menejerlarning mehnat faoliyatini tahlil qilish, baholash hamda rag'batlantirish bo'yicha rahbariyatga takliflar kiritib boorish.
  • Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o'z vaqtida ko'rib chiqish.
  • Me'yoriy hujjatlar loyihalarini (loyihalarga takliflarni) sifatli va o'z vaqtida tayyorlash hamda rahbariyatga taqdim etish:

Yillik reyting tahlili va tashqi attestatsiyaga tayyorgarlik

  • Ofis tomonidan yo'lga qo'yiladigan xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Ofisning yaqin va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish:
  • "Registrator ofisi" xodimlarining yo'riqnomalarini va xizmat ko'rsatish reglamentini ishlab chiqish:
  • Xodimlar uchun malaka oshirish kurslari va o'qitish dasturlarini tashkil etish:

Qo'shimcha funksiyalar

  • Universitetga o'qishga qabul qilish, talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi nizomlarga asosan universitetning elektron ta'lim platformasi orqali talabalar harakatini tashkil qilish:
  • Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash jarayonini muvofiqlashtirish:
  • Buxgalteriya va marketing bo'yicha xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish:
  • Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlar tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga yetkazish:
  • Xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo'yicha xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yish
  • Turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etishni tashkil qilish
  • Registrator ofisida xizmatlar ko'rsatishda sanitariya hamda xizmat ko'rsatishning me'yoriy talablariga qat'iy rioya etilishini nazorat qilish:

Xodimlar

Employee photo

Avazov A’zam Januzaqovich

Bo‘lim boshlig‘i


Kontaktlar

azam@jspi.uz

Employee photo

Ubaydullayev Ma’rufjon Ubaydulla o‘g‘li

Bosh mutaxassis


Kontaktlar

Ma'ruf@jspi.uz

Employee photo

To‘g‘izov Erkin To‘lqinovich

Menejer


Kontaktlar

Employee photo

Suyunov Dilshod Saidmurod o‘g‘li

Menejer


Kontaktlar

Employee photo

Dushaboyev Husniddin Achilovich

Mutaxassis


Kontaktlar