Muassasasi kengashi
Asosiy funksiya va vazifalari
Kengashning vazifalari va vakolatlari:
- ta’lim tizimining barcha sohalari uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash bo’yicha o’quv, metodik, ilmiy va boshqa faoliyatni samarali tashkil etish;
- shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy-axlokiy ehtiyojlarini pedagogik ta’lim olish orqali qondirish, davlat va jamiyatning oliy pedagogik ma’lumotli, malakali mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish;
- ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, fundamental va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
- universitetda normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari, yillik rejalar va OO’MTV hay’ati qarorlari va buyruqlarining bajarilishi;
- ijro intizomini mustahkamlash, lavozim (xizmat) vazifalarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda universitet rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish;
- pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- ma’naviy-ma’rifiy, o’quv-uslubiy, tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlariga oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirilishi zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo’lim boshliqlarining universitet zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini eshitish;
- prorektorlar, universitet bo’limlari, fakultetlari va kafedralari faoliyati tartibi vakolatlarini ko’rib chiqish;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-sonli Qarori va «Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq vakant lavozimlarga tanlovlarda nomzodlarni ko’rib chiqish;
- O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga professor, dotsent ilmiy unvoniga tavsiya qilish kabi masalalarni hal qiladi.
- Kengash universitet vakolatiga taalluqli, uning hayoti bilan bog’liq bo’lgan kollegial muhokama talab qilinadigan boshqa masalalar.
