Jamoatchilik kengashi
Asosiy funksiya va vazifalari
Kengashning vazifalari va vakolatlari:
- ta’lim sifati, professor-o’qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o’rnatish;
- universitetga professor-o’qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo’yicha tavsiyalar berish;
- talabalarning murojaatlarini ko’rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to’liq o’rganish maqsadida ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;
- universitetdagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash va universitetning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish.
Kengash o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida:
- o’quv ishlarini tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar talablari asosida amalga oshirilishini o’rganish, akademik guruhlarini shakllantirishni, o’quv jarayoniga tegishli mashg’ulotlar jadvallari sifatini (aniqligini) nazorat qiladi;
- dekanat va kafedralarda o’quv yuklamalarining me’yoriy talablar asosida, odilona taqsimot qilinishini, dars soatlari taqsimoti to’g’ri hisoblanishini o’rganadi;
- professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv mashg’ulotlari jadvaliga to’liq rioya etishi, o’quv mashg’ulotlarini ko’chirish, o’tkazmaslik (barbod qilish), darsga kech qolish, darslarni belgilangan vaqtidan erta tugatish hollarini o’rganadi, ularning sabablarini aniqlaydi, tahlil etadi hamda tegishli tavsiyalar beradi;
- ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi bilan hamkorlikda (fakultet) professor-o’qituvchilari tomonidan o’zaro darsga kirish, ochiq o’quv mashg’ulotlarini, muammoli darslarni tashkil etish rejalarining talab darajasida bajarilishini nazoratga oladi;
- oraliq va yakuniy nazoratlar hamda yakuniy davlat attestatsiyalari jarayonida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
- zaruriy hollarda tegishli mutaxassislar ishtirokida ishchi guruhlar tuzib, darsga xalaqit bermagan holda o’quv mashg’ulotlari sifatini o’rganadi, tavsiyalar beradi;
- kafedralarda fanlardan o’quv mashg’ulotlarining zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishi, kafedra filiallarida laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarning o’tkazilishini tashkil etish, zaruriy qo’llanmalarning, elektron o’quv-uslubiy majmualarining yaratilishi, o’qitish tizimiga zamonaviy informatsion texnologiyalar, masofaviy o’qitish uslublarini qo’llash faoliyatini o’rganadi;
- professor-o’qituvchilar va boshqa xodimlar hamda talabalar o’rtasida sog’lom ma’naviy muhitning mavjudligini o’rganadi va bu muhitning buzilishiga olib keluvchi sabablarni tahlil etadi, zaruriy tavsiyalar beradi;
- ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha tadbirlar rejasini o’rganadi, tahlil qiladi va bu tadbirlarning o’quv jarayoniga xalaqit bermasligi, talabalarni o’quv mashg’ulotlaridan asossiz ravishda ozod qilib, turli tadbirlarga jalb etish sabablarini o’rganadi, xulosalar tayyorlaydi;
- talabalarni (professor-o’qituvchilar va ishchi-xodimlarni) hasharlarga, universitet hududidagi turli xo’jalik ishlariga, (majburiy mehnatga) jalb etilishini nazorat qiladi va bu tadbirlar tufayli dars qoldirishlarga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’radi;
- professor-o’qituvchilar va boshqa xodimlarni ijtimoiy himoyalash va ularga mukofotlar belgilashda, (ularni vazirlik va davlat mukofotlariga tavsiya etishda, rag’batlantirishda) ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etilishi, mukofotlanishda shaxsning (professor-o’qituvchining, xodimning) o’z xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarilishini, jamoat ishlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirokini hisobga olinishi kabi holatlarni nazorat qiladi;
- universitet, professor-o’qituvchilar va talabalarning faoliyati (ishdan bo’shatilishi yoki talabalar safidan chiqarilishi) bilan bog’liq bo’lgan barcha turdagi yig’ilishlarda (tadbirlarda) ishtirok etish uchun o’z a’zolaridan vakil tayinlaydi;
- faol talabalar (iqtidorli talaba-yoshlar) (fan olimpiadalari, sport musobaqalari, turli ko’rik-tanlovlar g’oliblari) va har jihatdan e’tirofga loyiq bo’lgan professor-o’qituvchilarni rag’batlantirish bo’yicha universitet rahbariyatiga tavsiyalar kiritadi;
- talaba-yoshlarning talabalar turar joylaridagi, xususiy xonadonlardagi yashash sharoitlarini o’rganish, ularning shart-sharoitlarini yaxshilash bo’yicha universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qiladi, bu ishlarni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar beradi;
- talabalar orasida tartibbuzarlik, axloqsizlik, giyohvandlik, ichkilikbozlik kabi illatlar tarqalishining oldini olish va ota-onalar kengashi bilan hamkorlikda bu salbiy holatlarga qarshi faoliyat yuritish, nazorat etish (qilish), ahvolni yaxshilashga oid chora-tadbirlar ko’rish yuzasidan tavsiyalar beradi;
- talaba-yoshlarning universitet hududida, yashash joylarida turli nojo’ya harakatlar qilmasligi, jamoat tartibiga, qonunchilikka rioya etishlarini o’rganadi, nazorat qiladi va tavsiyalar beradi;
- talabalar uchun universitet hududida umumiy ovqatlanish joylaridagi xizmat va taomlarning sifati va narxini o’rganadi;
- professor-o’qituvchilarga ilmiy faoliyat olib borish uchun sharoit yaratish, doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borayotganlarni ijtimoiy himoyalash, yil davomida faol ilmiy ish bilan shug’ullanib, yaxshi natijalarga erishganlarni mukofotlash, sust harakat qiluvchilarga chora ko’rish kabi ishlarni nazorat qiladi;
- professor-o’qituvchilar tomonidan monografiyalar, darsliklar, o’quv qo’llanmalarni shartnoma asosida tayyorlanishini va ularga o’z vaqtida gonorarlar to’lanishini o’rganadi;
- ta’lim, fan va ishlab chiqarish hamkorligida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va ularning natijalarini tahlil qiladi va jamoatchilik nazoratini o’rnatadi;
- talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etilishi, xalqaro, respublika ilmiy anjumanlari, tanlovlari, ko’rgazmalari, fan olimpiadalarida qatnashishi kabi ishlarni tashkil etilishini o’rganadi va tavsiyalar beradi;
- to’lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar tomonidan shartnoma talablarining o’z vaqtida bajarilishi, bu borada ota-onalarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan choralarni ko’radi;
- talabalarga stipendiyalarning o’z vaqtida berilishini, stipendiyalardan noqonuniy ushlab qolish hamda turli maqsadlarda pul yig’ish kabi hollarning bo’lmasligini nazorat qiladi, shu (mazkur hollar) bo’yicha chora-tadbirlar belgilaydi;
- professor-o’qituvchilar va boshqa xodimlar hamda talabalarni ijtimoiy himoya qilish, ularga moddiy yordam ko’rsatish kabi ishlarning borishini nazorat qiladi va bu borada tavsiyalar beradi;
- byudjetdan tashqari mablag’lardan foydalanishning mavjud me’yoriy hujjatlar talablariga mosligini nazorat qiladi;
- o’quv auditoriyalarining ahvoli, tozalik darajasi, dars o’tish sharoitlarini, auditoriyalarning kerakli anjomlar bilan ta’minlanganligini o’rganadi;
