Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
19/04/2019
Chop etish
“Boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F sonli farmoyishi asosida Jizzax davlat pedagogika institutida 2019 yil 18-19 aprel kunlari “Boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjumanning rasmiy ochilishi va yalpi majlisi 2019 yilning 18 aprel kuni soat 10:00 da JDPI madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. Anjumanning yalpi majlisida pedagogika fani va boshlang‘ich ta’lim sohasining yetakchi olimlari, jumladan, p.f.d., prof. Safarova R.G. (O‘zPFITI),   prof. Djumaev M. (TDPU), prof. Raximov B. (GulDU), f.f.d. Ernazarova M.S. (NDPI),  prof. To‘raqulov X.A. (JDPI),  prof. Jumanazarov U.A. (JDPI) lar bugungi kun ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’limning o‘rni va ahamiyati, ta’lim-tarbiya tizimidagi dolzarb muammolari nimalardan iborat ekanligi, shuningdek, ularning yechimi borasidagi o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Anjumanning amaliy ahamiyati sifatida shuni ta’kidlash lozimki, anjumanda nafaqat oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, balki o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi tizimidan ham ma’ruzachilar qatnashib boshlang‘ich ta’limni sifat va samaradorlik jihatdan yuksaltirish borasidagi fikrlarini bayon etdilar.

Ilmiy-amaliy anjumanda Boshlang‘ich ta’lim fakulteti professor –o‘qituvchilarining ilmiy-ijodiy ishlari, “Mohir qo‘llar va dizaynerlik” to‘garagi a’zolarining ijodiy ishlari, shuningdek, Jizzax shahar 19-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “O‘zbekiston mening vatanim mening”  nomli rasmlar ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Anjuman ishi 2019 yil 18-aprel tushdan keyin soat 15:00da va 19 aprel kuni soat 9:00 da sho‘ba yig‘ilishlarida: 1-sho‘ba: Boshlang‘ich ta’limga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, 2-sho‘ba:  Boshlang‘ich sinflarda ona tili va adabiy ta’limning dolzarb muammolari, 3-sho‘ba: Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni takomillashtirish, 4-sho‘ba: Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalash masalalari kabi davom etdi.

 Anjuman o‘z ishini 2019 yil 19 aprel kuni 16:00 da yakunladi. Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani yakunida bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim tizimidagi dolzarb muammolarni bartaraf etish yuzasidan bildirilgan xulosa va takliflar asosida yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim fakultetining TDPU, GulDU NDPI boshlang‘ich ta’lim fakultetlari bilan, shuningdek, viloyat o‘rta maxsus va kasb hunar ta’limi, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim boshqarmalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.


Ulashish:
5 334
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Shanba — uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” doirasida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida an’anaviy tarzda har shanba kuni o‘tkazib kelinayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Talabalar jazoni ijro etish muassasasi faoliyati bilan tanishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti...
JDPU va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetiga kuni Sankt-Peterburg davlat universiteti Rus tili test sinovlari markazining delegatsiyasi tashrif buyurdi.