Jizzax davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining universitet bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Unda turli fakultetlardan ishtirok etgan yoshlar o‘z kuch va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.






Musobaqa davomida talabalar jismoniy tayyorgarlik, chaqqonlik hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Tadbir yakunida faol jamoalar e’tirof etilib, g‘oliblar keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya qilindi.
