Atamurodov Shodiyor Uralovich
Kafedra mudiri
Mudirning onlayn qabulxonasi
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi – sog‘lom turmush tarzi, sport nazariyasi va pedagogik yondashuvlar markazi
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi talabalarni sport va jismoniy tarbiya bo‘yicha chuqur nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi. O‘quv dasturlari sport nazariyasi, jismoniy tayyorgarlik metodlari, anatomiya, fiziologiya, pedagogika va sport psixologiyasini o‘z ichiga oladi. Talabalar sport mashg‘ulotlari, musobaqalar va sog‘lomlashtirish dasturlarida faol qatnashadilar. Kafedra ilmiy faoliyati sportchilarning jismoniy holatini tahlil qilish, o‘quv-trenirovka jarayonlarini optimallashtirish va jismoniy tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan. Bitiruvchilar maktab va oliy ta’lim muassasalarida murabbiy, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, sport tashkilotchisi sifatida ishlamoqdalar.
Xodimlar
Kafedra tarixi
Tashkil topishi
1976-yil 1-sentyabrda institutda Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, unga ilk bor pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ravshan Abdumalikov rahbarlik qilgan. Keyingi yillarda Xoshim Komilov (1978–1983), dotsent Meliyev Xamidulla Abdullayevich (1984–1985), katta o‘qituvchi Shayxiddin Xasanov (1985–1988), katta o‘qituvchi Turg‘un Xoldorov (1988–1990), katta o‘qituvchi Yusupov Farxod Ganiyevich va dotsent Bo‘riboyev Baxriddin Andayevich (1990–2011) kabi tajribali mutaxassislar kafedrani boshqargan. 2011–2014-yillarda dotsent Furqat Qo‘ldoshevich Axmedov, 2014–2015-yillarda esa katta o‘qituvchi Shodiyor O‘rolovich Atamurodov vaqtincha mudirlik vazifasini bajargan.
Rivojlanish bosqichlari
2015-yilda kafedra fakultetning sport turlari va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi bilan birlashtirilib, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va sport turlarini o‘qitish uslubiyati” deb nomlangan. Bu davrda 2015–2018-yillarda dotsent Akbar Sodiqov, 2018–2019-yillarda katta o‘qituvchi Turdimurod Aliqulov mudir bo‘lgan. 2019-yilda institut tuzilmasidagi o‘zgarishlar natijasida kafedra qayta ajratilib, hozirgi nomi bilan faoliyat yurita boshladi va noyabr oyidan dotsent Shodiyor O‘rolovich Atamurodov rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra tarkibida turli yillarda tajribali dotsentlar, katta o‘qituvchilar va yosh mutaxassislar faoliyat yuritib, jismoniy tarbiya ta’limini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga hissa qo‘shib kelgan.
Bugungi faoliyati
Hozirda kafedra Jismoniy madaniyat fakulteti tarkibida ishlaydi. Professor F.Q. Axmedov, dotsentlar T.Xoldorov, N.S. Kulboyev, D.X. Abdullayev, N.A. Abdukarimov, katta o‘qituvchilar A.I. Ismatov, A.Yu. Bo‘riboyev, B.A. Qo‘shmurodov va boshqa mutaxassislar ta’lim jarayonida faol ishtirok etadi. O‘qitishda zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalari, smart xonalar, trenajyor zallari, elektron ta’lim resurslari va masofaviy ta’lim platformalari keng qo‘llaniladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari jismoniy tarbiya metodikasi, sport psixologiyasi, sog‘lomlashtirish texnologiyalari yo‘nalishlarida olib borilmoqda.
