Djabbarov Sherzod Xalikulovich
Kafedra mudiri
Mudirning onlayn qabulxonasi
Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi – tilshunoslik, tarjimashunoslik va ingliz tilini chuqur o‘qitish markazi
Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi talabalarni tilshunoslik asoslari, tarjima nazariyasi, lingvokulturologiya va ingliz tilini chuqur o‘rganishga yo‘naltiradi. O‘quv dasturlari fonetika, morfologiya, sintaksis, pragmatika, tarjimashunoslik va madaniyatlararo kommunikatsiya fanlarini qamrab oladi. Talabalar nazariy bilimlarni amaliy darslar, seminarlar, tarjima loyihalari va ilmiy konferensiyalar orqali mustahkamlashadi. Kafedra ilmiy faoliyati ingliz tili ta’lim metodlarini rivojlantirish, tilshunoslikning yangi yo‘nalishlarini tadqiq qilish va madaniy kompetensiyani oshirishga qaratilgan. Bitiruvchilar ta’lim, tarjima, xalqaro aloqalar va ilmiy tadqiqot sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqdalar.
Xodimlar
Kafedra tarixi
Tashkil topishi
Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 2021-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning ilk mudiri dotsent Azizbek Muhammedov bo‘lgan. Kafedraning asosiy tarkibini 17 nafar professor-o‘qituvchilar tashkil qiladi. Dastlabki yillardan boshlab kafedrada ingliz tili bilan birga ingliz tili o‘rganilayotgan mamlakatlarning, xususan Angliya va Amerika xalqlarining adabiyoti ham o‘qitila boshlagan.
Rivojlanish bosqichlari
Kafedra qisqa muddat ichida o‘zining o‘quv va ilmiy faoliyatini kengaytirib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Britaniya Kengashi hamkorligidagi PRESETT (“O‘zbekistonda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash”) loyihasi doirasida o‘quv dasturlarini isloh qilish ishlarida faol ishtirok eta boshladi. Shuningdek, kafedra ingliz va o‘zbek tillarini chog‘ishtirib o‘rganish, tarjimashunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik kabi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 2021–2023-yillar davomida kafedraning 10 nafar professor-o‘qituvchisi Buyuk Britaniyaning Norvich va Portsmut universitetlarida malaka oshirdi.
Bugungi faoliyati
Bugungi kunda kafedraga dotsent Anora Jabborova rahbarlik qiladi. O‘quv jarayonida tilshunoslik, tilning nazariy aspektlari, Angliya va AQSH adabiyoti bo‘yicha chuqurlashtirilgan kurslar o‘tiladi. Kafedra Samarqand davlat chet tillar universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida Buyuk Britaniya universitetlarida muntazam malaka oshirish, qo‘shma ilmiy loyihalar va tajriba almashish ishlari davom etmoqda.
