Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Axborot texnologiyalar va tizimlari kafedrasi

Begbo‘tayev Azzam Eshpo‘latovich

Kafedra mudiri


Telefon raqami
+998 97 325-14-74
Elektron pochtasi
test@jdpu.uz
Qabul kunlari
Har kuni 08:30 – 16:30
Manzili
130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 4.

Mudirning onlayn qabulxonasi

Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi – raqamli ta’lim, innovatsiyalar va zamonaviy IT yechimlar markazi

Bugungi kunda kafedra axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy mutaxassislar tayyorlash, ta’lim jarayonini raqamlashtirish va ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibi dasturlash, kompyuter grafikasi, tarmoqlar, ma’lumotlar bazasi, sun’iy intellekt yo‘nalishlarida dars olib boradi. Kafedra qoshida “Yosh dasturchilar” to‘garagi faoliyat yuritadi. Talabalar milliy va xalqaro dasturlash musobaqalarida muntazam qatnashadi. O‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter sinflari, virtual laboratoriyalar, masofaviy ta’lim platformalari va o‘quv videodarslaridan keng foydalaniladi.
 



Kafedra tarixi

Tashkil topishi

Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi (sobiq Informatika va hisoblash texnikasi asoslari kafedrasi) 1987-yilda “Oliy matematika” hamda “O‘qitishning texnik vositalari” kafedralari negizida tashkil etildi. Uning ilk mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent Do‘stqul Botirov bo‘lib, dastlab 7 nafar o‘qituvchi faoliyat boshladi. Kafedra yaratilishida respublika ta’lim tizimida “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fanining majburiy fan sifatida kiritilishi hal qiluvchi omil bo‘ldi.
 

Rivojlanish bosqichlari

1980-yillar oxirida kafedra moddiy-texnik bazasini 2 ta “DVK-2M” EHM, yuzlab mikrokalkulyatorlar va “YAMAXA” hamda “KUVS-86” hisoblash sinflari bilan mustahkamladi. 1990-yillarda o‘qituvchilar Novosibirsk, Moskva, Ufa shaharlaridagi yirik markazlarda stajirovkalardan o‘tib, o‘z malakasini oshirdi. 2000-yillardan boshlab lokal tarmoqlar, multimedia va internet texnologiyalari joriy qilindi. Kafedra o‘quv dasturlarini zamonaviy AKT vositalari bilan boyitdi, yangi metodik qo‘llanmalar yaratdi. 2020-yillarga kelib, raqamli ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
 

Bugungi faoliyati

Bugungi kunda kafedra axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy mutaxassislar tayyorlash, ta’lim jarayonini raqamlashtirish va ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibi dasturlash, kompyuter grafikasi, tarmoqlar, ma’lumotlar bazasi, sun’iy intellekt yo‘nalishlarida dars olib boradi. Kafedra qoshida “Yosh dasturchilar” to‘garagi faoliyat yuritadi. Talabalar milliy va xalqaro dasturlash musobaqalarida muntazam qatnashadi. O‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter sinflari, virtual laboratoriyalar, masofaviy ta’lim platformalari va o‘quv videodarslaridan keng foydalaniladi.
 

Sanalar bo'yicha tarix

1987
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari kafedrasi tashkil etildi.
1988
“YAMAXA” va “KUVS-86” hisoblash sinflari ishga tushirildi.
1990
O‘qituvchilar Rossiya va O‘zbekiston yirik markazlarida stajirovka o‘tab qaytishdi.
2000
Lokal tarmoqlar va internet texnologiyalari joriy qilindi.
2010
Zamonaviy multimedia va interfaol metodlar o‘quv jarayoniga tatbiq etildi.
2020
Raqamli ta’lim texnologiyalari keng joriy qilina boshlandi.