Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya o’qitish metodikasi kafedrasida o’tkazilgan «O’quv fanlaridan yaratilgan elektron o’quv qo’’anmalar» taqdimoti

Taqdimot marosimini institutning ilmiy ishlar bo’yicha prorektori dots. M.Sultonov ochib, quyidagilarni bayon qildi.

Keyingi yillarda kompyuter imkoniyatlaridan foydalangan holda, elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron ishlanmalar, virtual laboratoriya, animatsiya, namoyish va multimedia elementlarini yaratish va tashkil etish o‘z samarasini bermoqda.

Zamonaviy ta’lim muassasasidagi o‘quv jarayonining asosiy vazifasi – bu o‘qitish sifatini yangi pog‘onaga ko‘tarishdir. SHu bois, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi kunda o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tadbiq etish, dars jarayonida va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda slaydlar, videolavhalar, multimedia, elektron darslik va qo‘llanmalardan foydalanish davr taqozosiga aylanmoqda.

1

Zamonaviy ta’limda darsni ta’lim oluvchining ko‘ngliga yaqin va turli pedagogik hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish va o‘tkazish – bu davr talabidir. Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya – bu axborot texnologiyasidir. CHunki, ta’lim jarayonining pedagogik asoslarini axborotni qabul qilish va qayta shakllantirish jarayoni tashkil etadi.

Bu borada hozir institutning Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya o’qitish metodikasi kafedrasida o’quv fanlaridan Elektron o’quv qo’llanmalar yaratilgan bo’lib, uarning mualliflik guvohnomalari olingan. Bu haqida ma’lumot berish uchun so’z Informatika o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi Tangirov Xurram Ergashevichga berildi. U o’z so’zida quyidagilarni aytib o’tdi.

Har bir o‘qituvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib darsni tashkil etish va o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda bu jiddiy ta’lim dasturiga oid dars materiali ekanligini unutmaslik lozim.

Dars jarayonida yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyasidan foydalanish ta’limni individuallashtirishga, o‘quvchilar mustaqil ishlarini takomillashtirishga, darsda hal etiladigan topshiriqlar hajmi oshishiga, axborot oqimi doirasining kengayishiga, darsga motivatsiyaning kuchayishiga yordam beradi. Dars jarayonida o‘qitishning elektron vositalaridan foydalanish esa yuqorida qayd etilgan imkoniyatlarni taqdim etish bilan birga o‘quvchiga yorqin rang-barang olamda o‘z ishidan qoniqish hosil qilishiga imkon beradi. O‘qituvchi o‘z mehnatining ko‘p qismini kompyuterga yuklashi mumkin bo‘ladi va shu orqali darsni yanada qiziqarli, rang-barang qilib, mazmunan boyitadi, o‘quvchining mehnatini o‘z vaqtida xolisona baholab, dars berishning noan’anaviy usullarini topishga ijodiy yondoshadi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchining kasbiy jihatdan rivojlanishiga asos bo‘ladi.

Barcha fan o‘qituvchilari o‘z maqsadlariga o‘qitishning elektron vositalari (elektron darslik va qo‘llanma, elektron trenajyorlar, matematik va imitatsion modellashtirish vositalari va boshqalar) dan foydalanib erishishlari mumkin.

Bunday vositalarni tavsiflovchi atamalar va tushunchalarni kiritishga turli yondoshuvlar mavjud. Ko‘pgina ilmiy va o‘quv-metodik manbalarda ular pedagogik dasturiy vositalar, kompyuterli o‘quv vositalari, o‘quv kompyuterli dasturlar, o‘quv maqsadli pedagogik vositalar deb nomlanadi. Ushbu atamalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Biz kompyuter va telekommunikatsiya texnikalaridan foydalanib ishlaydigan va bevosita ta’lim oluvchilarni o‘qitishda qo‘llaniladigan vositalarni nomlash uchun o‘qitishning elektron vositalari atamasidan foydalanamiz.

Elektron nashr – grafik, matn, raqamli, nutq, musiqa, video, rasm va boshqa ko‘rinishdagi axborotlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Elektron nashr ixtiyoriy elektron tashuvchida bajarilishi va shu bilan birga uni kompyuter tarmog‘iga joylashtirish mumkin. Bunday holda ta’limda elektron nashr yoki o‘qitishning elektron vositalari bilimlarning ilmiy-amaliy sohasida o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarni faol va ijodiy o‘zlashtirilishini ta’minlovchi ushbu soha bo‘yicha tizimlashtirilgan materiallarni o‘zida saqlovchi elektron nashr bo‘lib hisoblanadi. Ta’limda elektron nashr ijro etilishi va badiiy jihatdan rasmiylashtirilishining yuqori darajasi, axborotning to‘liqliligi, metodik uskunalarining sifati, texnik bajarilish sifati, ko‘rgazmaliligi, bayonning mantiqiyligi va ketma-ketliligi bilan ajralib turishi kerak.

O‘qitishning elektron vositalari asosida ta’lim berishda o‘quv materialining mazmuni matn sifatida kompyuter ekranida namoyish qilinadi. Bunday o‘quv materiali matni mazmunan chuqur ilmiy-g‘oyaviy va mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi hamda o‘quvchilar uchun tushunarli, hissiyotga boy va sodda tilda yoritilishi lozimligini aytib o’tdi.