Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 23-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 72-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax davlat pedagogika universitetida fan olimpiadalari o‘tkaziladi.
Olimpiadada universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Olimpiada quyidagi fanlar bo‘yicha tashkil etiladi:
• Kimyo
• Biologiya
• Fizika
• Informatika va axborot texnologiyalari
O‘tkazilish vaqti: 2026-yil 20–25-mart kunlari
Olimpiada natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan talabalar Respublika fan olimpiadasining keyingi bosqichida ishtirok etish uchun saralab olinadi.
Respublika fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM:
https://t.me/JDPU_Talabalar_akademiyasi/2015
Bitiruvchi bosqich talabalarini fan olimpiadalarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
