Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/09/2022
Chop etish
«Universitetning ichki tartib qoidalari va erta turmushning oldini olish» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mutaxassislarning fikricha, yigit-qizlarning turmush qurish yoshi oila mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biridir. Afsuski, ayrim ota-onalar ko‘pincha farzandining kelajak taqdiri, baxt-saodati haqida o‘ylamay, hali balog‘at yoshiga yetmagan qizini uzatish yoki qarindoshimning qizi begona bo‘lmasin, deb o‘g‘il uylantirish taraddudiga tushadi. Buning oqibatida bo‘lg‘usi onaning salomatligi va ruhiyati, qolaversa yosh oilaning mustahkamligi, tug‘ilajak farzandining  sog‘lomligi xavf ostida qoladi.

Talaba qizlar o‘ratsida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, tibbiy madaniyatini oshirish va yoshlarning nikohga oid tushunchalarini kengaytirish, qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning oldini olish  maqsadida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda  ana shu dolzarb mavzuga e’tibor qaratildi. Universitetning Boshlang’ich  ta’lim  fakulteti Xotin-qizlar  bo’yicha  dekan  maslaxatchisi  G.Kuttibekova hamda   unversitet  xotin-qizlar masalalari Kengashi raisi Z. Abduvaliyeva  tomonidan   tashkil etilgan   uchrashuvda  Mediatsiya  va  psixalogiya  markazi  raxbari  M.Raxmanova, psixolog  kansultant  faoliyatida  ish  yurituvchi  X.Ummatova hamda birinchi kurs talaba qizlar ishtirok etishdi.

 

Mediatsiya  va  psixalogiya  markazi psixologlari o‘z chiqishlarida talabalarning xususan yosh qizlarning ma’naviy dunyoqarashiga salbiy ta’sirlar va ularni bartaraf etish, ularni o‘z-o‘ziga adekvat baho berishga o‘rgatish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, muloqotchanlik xususiyatlarini rivojlantirish, shaxslararo munosabatlarda muloqotga kirisha olish qobiliyatini oshirish, har qanday vaziyatlarda o‘zini erkin tuta olish ko‘nikmalarini shakllantirish, eshitish va tinglash malakasini rivojlantirish, turli xil vaziyatlarda o‘zgalar bilan muloqotga kirishish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida turli test usullaridan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkkazishdi. Ochiq muloqot va suhbat tarzida o‘tkazilgan tadbirda talaba qizlar ham mavzuga oid savollar bilan murojaat qilishdi.


Ulashish:
713
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor aloqa kanallari.
Jizzax davlat pedagogika universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyat olib bormoqda.
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy imtihonlar o‘tkazildi.
12-avgust kuni 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.
Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosida oliy ta’limga qabul imtihonlari o‘tkazildi.
12–14-avgust kunlari 2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar tashkil etildi.