Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi Nodir Bektemirov Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida u universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayoni hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.




Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-207-sonli Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirildi.



Tashrif davomida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, shuningdek, ta’lim muassasalarida bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.
