
Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassislik ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 2 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to’lashi kerak.
Magistr uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.
70610105 – Ta’limda axborot texnologiyalari magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim tashkilotlari uchun talablar majmuini ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasasi mazkur magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda asosiy o‘quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.
Bitiruvchilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida yoki mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Kasbiy faoliyatining sohalari:
- Oliy ta’lim, malaka oshirish va qayta tayyorlash, umumiy o‘rta ta’lim, hamda professional ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari sohasidagi fanlami o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI), Ta’limda axborot texnologiyalari va pedagogika sohalaridagi ilmiy-tadqiqot muassasa (ITM) va tashkilotlarida, markazlarida, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, pedagogik va axborot texnologiyalari sohasida kompleks masalalami yechish bilan bog’liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
- Kasbiy faoliyatlarning turlari:
- ilmiy tadqiqot va pedagogik faoliyati;
- ekspluatatsiya faoliyati;
- tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
- eksperimental-tadqiqot faoliyati;
- axborot-tahliliy faoliyati;
- ishlab chiqarish-boshqaruv faoliyati.
70610105 – Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob’ektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalami bajarishga qodir bo‘lishi lozim:
Ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatida:
respublika va xorijda chop etilgan kompyuter texnologiyalariga oid ilmiy-texnik axborotlaming ilmiy manbalarini tadqiq etish;
mutaxassislikka mos ilmiy, amai y tadqiqotlami o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklami kashf etishi;
ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlami ishlab chiqishi;
ilmiy adabiyotlar va intemet tarmog‘ida eng yangi ilmiy, konstmktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar haqidagi ma’lumotlami maqsadga yo‘naltirilgan holda qidirish va tahlil qilishi;
ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazishda qatnashish hamda faol ishtirok etishi;
oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat yuritishi;
o‘quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan va o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi;
o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari mavzusi bo‘yicha modellar, algoritmlar, usullarni tadqiq qilishi va ishlab chiqishi.
ilmiy va ilmiy-texnikaviy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi, umummetodologik fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtira olishi, takomillashtirishi va o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi;
o‘zining individual bilimlariga tayangani holda ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolami tushunishi va ulami tahlil qilishi;
o‘z faoliyatida me’yoriy huquqiy hujjatlardan foydalana bilishi;
fikrlash madaniyati, muayyan tafakkur uslubiga, og‘zaki va yozma nutqini aniq bayon qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
o‘zlashtirilgan bilimlarni ijodiy tanqidiy ko‘rib chiqish va tahlil qilishi, ulardan ilmiy va ilmiy-texnikaviy ijodiy faoliyatida foydalana olishi, asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi;
ilmiy va ilmiy-texnikaviy ijodiy faoliyati natijalarini his qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy mas’uliyat shakllangan bo‘lishi;
kasbiy faoliyatda o‘zlashtirgan fanlaming asosiy qonunlaridan foydalanishi, metodlami tasniflashi, metodologik tamoyillardan ilmiy va ilmiy-texnikaviy ijodiy faoliyatida foydalana olishi;
xorijiy tillardan birini ilmiy muloqot va kasbiy malaka almashish vositasi sifatida egallagan bo‘lishi;
axborotni to‘plash, saqlash, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish usullarini egallashi;
o‘zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi;
axborot, bilim, ma’lumotni bir-biridan farqlash malakasiga ega bo‘lishi, axborot texnologiyalaridan foydalana olishi;
Ilmiy amaliyot – umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va ishlab chiqarish hamda ilmiy tadqiqot jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalami shakllantirishga qaratiladi. Mutaxassislik bo‘yicha ilmiy amaliyot o‘tkaziladi.
Fanlar katalogining tuzilishi
| Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | O‘quv fanlari, bloklari va faoliyat turlarining nomlari | Soat | Kredit | Semestr |
|---|---|---|---|---|---|
| 1.00 | Majburiy fanlar | 1200 | 40 | 1-3 | |
| 1.01 | ITM1104 | Ilmiy tadqiqot metodologiyasi | 120 | 4 | 1 |
| 1.02 | AIA1104 | Axborotlarni izlash va ajratib olish | 120 | 4 | 1 |
| 1.03 | ILB1204 | Innovatsiya va loyihalarni boshqarish | 120 | 4 | 2 |
| 1.04 | ALT1204 | Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil qilish | 120 | 4 | 2 |
| 1.05 | MFO1304 | Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi | 120 | 4 | 3 |
| 1.06 | NEP1206 | Neyropedagogika | 180 | 6 | 2 |
| 1.07 | RTP1306 | Raqamli ta’lim va pedagogik kompetentlik | 180 | 6 | 3 |
| 1.08 | IPI1108 | Ilmiy pedagogik ish | 240 | 8 | 1,2,3 |
| 2.00 | Tanlov fanlar | 480 | 16 | 1,3 | |
| Kvalifikatsiya. Pedagog-tadqiqotchi | |||||
| ILA1412 | Ilmiy amaliyot | 360 | 12 | 4 | |
| MDH1152 | Magistrlik dissertasiyasini tayorlash | 1560 | 52 | 1-4 | |
| Jami: | 3600 | 120 |
