Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Turnir “Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlandi

Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida  9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida  sport musobaqlari  bo‘yicha xotira turniri o‘tkazildi. Xotira turnirini institutning  Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida marhum ustozlar xotirasi hamisha qalblarda mangu qolishini ta’kidladi. Shuningdek bugungi ochiq xotira turnirida ishtirok etayotgan sportchilarga omad tiladi. Shundan so‘ng Jismoniy madaniyat fakultetida ko‘p yillar faoliyat olib borgan faxriy ustozlarga institut kasab uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan sovg‘alar topshirildi. Sportning kurash, yengil atletika, tosh ko‘tarish, arqon tortish, stol tennisi turlari  bo‘yicha tashkil etilgan turnirda barcha talabalar ishtirok etdi.   Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.