Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Uncategorized
Uncategorized
|
16/03/2022
Chop etish
«Tog‘lik kuyov» serialining  enasi, «Kelinlar qo‘zg‘oloni» spektaklining Sottisi,  Samarqand sehri, xaqiqiy El- yurt ordeni sohibasi bo‘lgan To‘ti Yusupova 15 mart kuni  vafot etdi.

(Betakror aktrisa o‘zbekfilmlarida  millat onasi obrazi bilan yosh- qarining  mehrini qozongan To‘ti Yusupova haqida xotiralari bilan  Jizzax davlat pedagogika instituti dotsenti A.Tangirov o‘rtoqlashadi)

O‘zbek onalari rolini uzoq yillar o‘ynagan Lutfixonim Sarimsoqova, Zaynab Sadrieva,  Ikroma Boltaeva, Maryam Yoqubova,  Dilbar Ikromova kabi onaxon sanatkorlar qatori To‘ti Yusupovaning porloq  xotirasi  ham bir umr millatimiz qalbidan joy oladi desam adashmayman. To‘ti Yusupova  bilane shaxsan 2010 yili uchrashish  baxtiga muyassar bo‘lganman. Juda madaniyatli, muloyim inson sifatida xotiramda muhrlanib qolgan. O‘shanda institutimiz Madaniyat saroyida  jamoa va talabalarning rahmatli To‘ti opa bilan  uchrashuvi bo‘lib utgan edi. Uchrashuv nihoyatda esda qolarli bo‘lgan. Jonli suhbat shunchalik qiziganidan, tushlik vaqtidan ham o‘tib ketganini sezmaganmiz… O‘shanda To‘ti opa 75 yoshlar atrofida edi. Hali ham tetik va bardam aktrisamiz talabalar va professor-o‘qituvchilarning barcha savollariga, kezi kelganda qaltis va tanqidiy savollarga ham  muloyimlik va o‘ta halimlik bilan javob bergandi. To‘ti Yusupova  boshchiligida kelgan boshqa xamkasblari  bilan tushlikga chiqdik. Tushdan so‘ng boshqa joyda ham uchrashuvlar borligi   bois  barchamiz belgilangan joyda  avtomashinalarni kutib turganimizda,  yonimizga bir yigit yaqinlashdi.  Bilsak, yigit To‘ti Yusupovaning ashshadiy muxlislaridan biri ekan.  Muxlis yigit To‘ti opani  o‘zining yengil mashinasiga o‘tqazishimizni va qaerga bo‘lsa beminnat xizmat qilishini aytdi. Men yigitga  tegishli tashkilotlar  ajratgan mashinalar hali zamon kelishini aytib ulgurmasimdan, chaqqon  yigit To‘ti opani zarb bilan ko‘tardi-yu, o‘z mashinasi tomon ildamladi. Hay-haylashimizga qaramay To‘ti opani mashinasi saloniga  ham o‘tqazdi. Menga eng ta’sir qilgan joyi nima bilasizmi?  Bizning e’tirozlarimizga muxlis  yigitning javobi mana shunday  bo‘ldi

-aka, bu  ayol millatimiz enasi buladi. Duosi kerak menga… Bu javobdan keyin rosti na men, na atrofimdagilar hech narsa deya olmadik… Barchamiz  birgalashib keyingi uchrashuv manziliga bordik. Uchrashuvlar ham nihoyasiga yetdi. Ketar chog‘ida muxlis yigit xizmatiga hech narsa kutmasdan, To‘ti opadan duo qilib qo‘yishlarini so‘radi.

Ana shunda ko‘nglimda “mana sanatning kuchi, mana To‘ti opaning mahoratiga baho”- dedim  Opaning vafot etganini eshitib ko‘zimga yosh keldi…o‘sha uchrashuvni muxlis yigitni  yodga oldim… bugun usha taksichi muxlis  yigit omonmikan.  “Bu millatimiz enasi” bo‘ladi deb e’zozlagan  ramziy onasi – To‘ti opa 86 yeshida kecha vafot etganligidan xabardor bo‘ldimikin?…Nima bo‘lganda o‘sha notanish yigitning ham joni omon bo‘lsin… To‘ti opaning joylari jannatdan bo‘lsin.

 

Jizzax davlat pedagogika instituti dotsenti A.Tangirov

 


Ulashish:
1 240
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.
JDPUda “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” doirasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” deb e’lon qilingan tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Madaniyat...