Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/04/2026
Chop etish
Tarix fakultetida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy seminar tashkil etildi.

Unda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrantlar ishtirok etib, buyuk sarkardaning hayoti, davlat boshqaruvi, harbiy strategiyasi hamda temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti masalalari muhokama qilindi.

Seminar davomida temuriylar merosini chuqur o‘rganish, zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tadqiqotlarni kengaytirish, yoshlar o‘rtasida milliy tarixga qiziqishni oshirish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ilmiy seminarlar, konferensiyalar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish hamda ilmiy maqolalar to‘plamini nashr etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.


Ulashish:
14
Boshqa rubrikalarda mashhur

Tarix fakultetida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy seminar tashkil etildi.
Unda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrantlar ishtirok etib, buyuk sarkardaning hayoti, davlat boshqaruvi, harbiy strategiyasi hamda temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti masalalari muhokama qilindi. Seminar...
Qozon Federal universiteti filialida korrupsiyaga qarshi masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Jizzax shahridagi Qozon Federal universiteti filialida JDPU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Rektor olimpiadasi: Ingliz tili yo‘nalishida saralash bosqichi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘tkazilayotgan Rektor olimpiadasi doirasida ingliz tili yo‘nalishi talabalari uchun navbatdagi saralash bosqichi tashkil etildi.