Fakultet professor-o‘qituvchilari hamda universitet psixologi hamkorligida Baxmal tumani “O‘rmonchi” mahallasidagi maktablar hamda mahalla yoshlari bilan madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Bunda sportning kurash, shaxmat, stol tennisi turlari hamda zakovat bellashuvlari tashkil etildi. Ustozlar tadbirlar davomida mahalla ahli hamda maktab o‘quvchilariga Baxmal tumani tarixi, mashhur ziyoratgohlari, tumanning nafaqat viloyatimiz balki Respublikamizda tutgan o‘rni, Universitetimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida ko‘plab maʼlumotlar berishdi. Universitet psixologi tomonidan o‘tkazilgan psixologik treninglar ishtirokchi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.Baxmal tumaniga tashrif ijtimoiy himoyaga muhtoj imkoniyati cheklangan yoshlar uchun “Mehr ulashib” loyihasi bilan yakunlandi.