Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/05/2022
Chop etish
Taqdirlash marosimi haqiqiy bayramga aylanib ketdi….

Xabaringiz bor Jizzax davlat pedagogika institutining Magistratura bo‘limi o‘tgan hafta davomida  sportning  mini futbol, voleybol  va stol tenisi  turlari bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqalarini o‘tkazgan edi. Mini futbol sport turi bo‘yicha 23 ta jamoalar o‘zaro bellashishgan bo‘lsa, voleybol turi bo‘yicha  o‘g‘il bollar va qizlar jamoalaridan iborat guruhlar o‘rtasida  musobaqlar  tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz o‘tkazilgan bellashuvlar ham o‘z yakuniga yetdi. Sportning voleybol va stol tennisi bo‘yicha Qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda 10 dan oshiq jamoalar g‘oliblik uchun kurashdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra faxrli 3- o‘rinni Xorijiy tillar fakulteti ( ingliz tili) yo‘nalishi jamoasi qizlari egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Maxsus pedagogika logopediya (Defiktalogiya) yo‘nalishi jamoasi qizlariga nasib etdi. G‘oliblikni esa Jismoniy tarbiya fakulteti 1- kurs qizlar jamoasi qo‘lga kiritdi. Bugun institutning ochiq sport maydonida ana shu musobqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar, faol ishtirokchilarning taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Taqdirlash marosimida g‘oliblarga tashakkurnomalar va pul mukofotlari topshirildi.Taqdirlash marosimi so‘ngida musiqiy yo‘nalish magistrlarning badiiiy konsert dasturi namoyish etildi. Bir so‘z bilan aytganda tadbir haqiqy bayramga aylanib ketdi.

 

 


Ulashish:
814
Boshqa rubrikalarda mashhur

Fizika va texnologik ta’lim fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Fizika va texnologik ta’lim fakulteti pedagog xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
“Bitiruvchi–2026” uchrashuvi va “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va maktab ta’limi fakulteti bitiruvchilari uchun “Bitiruvchi – 2026” mavzusida ish beruvchilar bilan uchrashuv va “Kelajakka qadam” dasturi ijrosiga bag‘ishlangan...
Jizzax davlat pedagogika universitetida umumxalq hashari uyushqoqlik bilan o‘tmoqda.
Unda volontyorlar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, universitet hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, yashil maydonlarni tartibga keltirish, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarish qilish ishlarini...