“Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi xalqaro miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi xalqaro miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Ushbu konferensiyaga respublikamizning barcha viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, shuningdek, Hindiston, Finlandiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston Respublikalaridan mutaxassislari tomonidan maqolalar taqdim etilgan edi.
Sohaga oid qiziqarli mavzular jumladan, tilshunoslikning nazariy va amaliy muammolari, adabiyotshunoslikni takomillashtirishning dolzarb masalalari, badiiy nutq va uslub, tarjimashunoslik masalalari, globallashuv sharoitida ona tili va adabiyotni o‘qitish muammolari kabi yirik masalalar ma’ruzalar orqali yig‘ilish ishtirokchilariga havola etildi.
Ishtirokchilar o‘rtasidagi qizg‘in bahs-munozaralar oqali tilshunoslikka oid muammolar va ularning nazariy jihatlari ko‘rsatib berildi. Konferensiyada turkiyalik professor Erjan Alkaya ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.