Ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.
Jizzax shaxridagi 29-sonli maktabida viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tassarufidagi maktablarda xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish hamda Prezidentning “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Jizzax davlat pedagogika universiteti, viloyat Xalq ta’lim boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda universitetinnig professor-o‘qiutvchilari, Jizzax shaxridagi tayanch maktablari hamda barcha umumta’lim maktablari direktorlari va trener-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Davlat rahbarining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolaganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ushbu qaroraga ko‘ra 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari «4+2» tartibida, shu jumladan darslar 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib borilishi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Tadbirning rasmiy qismida so‘zga chiqqanlar Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan ushbu qarorning mazmun mohiyati haqida tushuncha berish bilan bir qatorda universitet bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bir guruh umuta’lim maktab o‘qituvchilariga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirishdi. Tadbirda shuningdek xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, tayanch maktablarida yaratilgan sharoitlar ham muhokama qilindi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha rejalar belgilandi.
Seminarning ikkinchi qismida tajribali ekspertlar, Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha mahorat darslari o‘tildi.
Jizzax viloyatidagi Baxmal, G‘allarol, Sh.Rashidov tumani hamda Jizzax shaxridagi tayanch maktablarida tashkil etilgan seminar-treninglar, tajribali ekspertlar va o‘qituvchilar tomonidan o‘tilgan mahoart darslari O‘quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlashda ularga o‘z bilim va ko‘nikmalaridan amaliyotda foydalanish, mustaqil va mantiqiy fikrlashni yo‘lga qo‘yish o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo‘llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlari baholashda yordam beradi.
Davlatimiz rahbari umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori bo‘lishi shartligi vazifasini qo‘ygan bu, o‘z navbatida millat farzandiga ta’lim berishni berishni maqsad qilib, o‘qituvchi degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan, har bir pedagogning ma’suliyatni oshirishga xizmat qiladi.