Talabamiz faxrimiz….
O‘zbekiston Respublikasida birinchi marta Prezident tashabbusi bilan ilmiy tadqiqot ishlarining onlayn himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi shundaki, 2020 yilning 18 may kuni Guliston davlat universitetida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini onlayn himoya qilgan va shu kunning o‘zidayoq ilmiy darajaga ega bo‘lgan yosh tadqiqotchi Kamolaxon Abrorxonova Jizzax davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakultetining bitiruvchisidir. Kamolaxon bakalavr bosqichida tahsil olgan vaqtida rahmatli ustozimiz Nizomiddin Usmonov rahbarligida ilk tadqiqot ishlarini olib borgan va Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan edi.
Boshlang‘ich ta’lim fakultetining professor –o‘qituvchilari Kamolaxon Abrorxonovaning bu yutuqlaridan, albatta, faxrlanadilar va uning kelgusi ishlarida ham omad yor bo‘lishini tilaydilar.
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti jamoasi