Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Talaba teatr studiyalari faoliyatidan…

Bugun Jizzax  davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida  Chet tillar fakulteti talabalaridan iborat teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan Xoliq Xursandovning “O‘lding aziz bo‘lding” spektakli namoyish etildi. Spektakl haqida qisqacha: Keksayib qolgan Mavlon ota do‘sti Yo‘ldoshning ta’ziyasiga borib keladi va u yerdagi holatdan juda ta’sirlanadi. Oshnasining yakkayu yolg‘iz o‘g‘li yetib kelolmay, otaning o‘zgalar tomonidan tuproqqa qo‘yilgani Mavlon otani tashvishga soladi. Shu on o‘zining ertasi haqida o‘ylab qoladi. Bir kuni omonatini topshirganida, uning ham boshida «otam”lab turadiganlari kelmay qolsa-ya!.. Bundan cho‘chigan qariya bir hiyla o‘ylaydi. Rafiqasi va do‘stini yoniga chaqirtirib, o‘zini o‘ldiga chiqarishlarini tayinlaydi. Shu yo‘l bilan kimning qandayligini bilib olmoqchi bo‘ladi… Farzandlaring oqibatsizligi, bemehrligi tirik otani haqaqatdan ham o‘limga olib keladi… Xulosa… Juda ta’sirli, o‘z o‘rnida hayotiy ssenariy asosida sahnalashtirlgan ushbu tomosha yig‘ilganlarda chuqur taassurot qoldirdi desak adashmagan bo‘lamiz. Insonni bir zum ortga nazar tashlashga, mushohada qilishga, ota-ona, yor-u do‘stni borida qadrlashga o‘rgatadigan, har bir  daqiqa  g‘animat ekanligini yana bir yodga soladigan sahna asari  talabalar tomonidan juda yaxshi ijro etilgani tahsinga sazovordir.