Talaba bo‘lishga tayyormisiz, abiturientlar?
Xabaringiz bor 8 avgustdan beri Jizzaxdagi “Sug‘diyona” markaziy o‘yingohi atrofi talaba bo‘lish istagida bo‘lgan abiturientlar, ularning yaqinlari bilan gavjum. Bugun test jarayonlaring to‘rtinchi kuni. DTM ning bergan ma’lumotlariga ko‘ra Jizzax viloyati bo‘yicha OTM lariga kirish istagida bo‘lgan abiturientlar soni 66 420 nafarni tashkil etadi. Jizzax davlat pedagogika universiteti abiturientlar tomonidan eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, bu yil oliygohga 35 706 nafar yoshlar hujjat topshirgan.
Ko‘rib turganingizdek Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari test jarayonlariga qatnashadigan abiturientlarning kirishlarida tartib-intizomni saqlashda faol xizmat qilishmoqda.
Muborak opa bugun qizi Madinabonunini qo‘llab-quvvatlash uchun bu yerga kelgan. Madinaning ilk tanlovi Jizzax davlat pedagogika universitetining defektologiya yo‘nalishidir. U uch yildan beri omadini sinab keladi, Bu safar omad unga kulib boqishiga qattiq ishonadi.
Soat 7 ga yaqinlashmoqda. Abiturientlar uchun hayajonli lahzalar boshlandi. Darvozadan tashqarida ularni umid bilan yaqinlari, do‘stlari kutib turishibdi. Biz esa farzandalaridan kam bo‘lmagan hayajon bilan, ularga omad tilab turgan ota–onalarni suhbatga tortamiz.
O‘zini Nasiba deya tanishtirgan onaxonning qizi bu yil ilk marotaba oliy ta’limga hujjat topshirayapti. U ham JDPU ning Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishini ilk tanlov sifatida tanlagan. Onaxonning hayajoni bizga ham ko‘chdi. “Qizim qatori mana shu yerga kelgan barcha o‘g‘il-qizlarimiz talaba bo‘lsin”,-deydi Nasiba opa
Test sinovlari davom etmoqda, jarayonnig ilk soat ham o‘tdi, ayni paytda ham hayajon, ham umid bilan test savollarini yechayotgan barcha yoshlarimizga omad kulib boqsin. Barchangiz talaba bo‘lish baxtiga musharraf bo‘ling aziz yoshlar!
Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati