Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Uncategorized
Uncategorized
|
12/04/2018
Chop etish
“Tafakkur sinovlari”

“Tafakkur sinovlari”

Jizzax davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-son Farmoni, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash va oliy ta’lim muasasalarida tahsil olayotgan talabalarni O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalarida amalga oshirilgan islohotlar, o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Tafakkur sinovlari” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda institutimizning “Status”, Jizzax politexnika institutining “Fraksiya” va Guliston davlat universitetining “Milliy ruh” jamoalari ishtirok etdilar. Ushbu ko‘rik-tanlov yuqori saviyada o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra Jizzax politexnika institutining “Fraksiya” jamoasi faxrli 3-o‘rinni, Guliston davlat universitetining “Milliy ruh” jamoasi 2-o‘rinni, institutimizning “Status” jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar institut ma’naviy-ma’rifiy bo‘limi va yoshlar ittifoqi b/t tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 


Ulashish:
1 366
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.