Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/03/2026
Chop etish
Sumalakdan tosh topdim — Navro‘z zavqi universitetda!

Bugun universitet Professorlar bog‘i adrasu-atlaslarga burkanib, haqiqiy bayramona muhitga aylandi.

Sumalak sayli boshlanib, talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar birgalikda milliy qadriyatlarimizning marvaridi — Navro‘z ayyomini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashmoqda. Milliy taomlar, qo‘shiq va raqslar, samimiy suhbatlar bayramga yanada fayz bag‘ishladi.

Ana shunday ko‘tarinki ruhda o‘tayotgan sayilga universitet rahbariyati ham tashrif buyurdi. Universitet rektori boshchiligidagi rahbariyat vakillari har bir ko‘rgazmali chiqishlar bilan yaqindan tanishib, sumalak kovlash marosimida ishtirok etishdi va ezgu niyatlar qilishdi.

Kuy-qo‘shiqlar sadosi atrofni to‘ldirib, universitet hududida haqiqiy bayramona muhitni yaratdi. “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin” degan ezgu tilaklar ostida talabalar va professor-o‘qituvchilar bayram taronalariga hamnafas bo‘lib, raqs va quvonchga oshno bo‘lishmoqda.


Ulashish:
34
Boshqa rubrikalarda mashhur

Sumalakdan tosh topdim — Navro‘z zavqi universitetda!
Bugun universitet Professorlar bog‘i adrasu-atlaslarga burkanib, haqiqiy bayramona muhitga aylandi. Sumalak sayli boshlanib, talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar birgalikda milliy qadriyatlarimizning marvaridi — Navro‘z ayyomini ko‘tarinki...
JDPUda rus tilini o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan “Umumta’lim va inklyuziv muhitda rus tilini o‘qitish metodikasi: zamonaviy yondashuvlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini...
JDPUda “El-yurt umidi” jamg‘armasi imkoniyatlariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda “El-yurt umidi” jamg‘armasining faoliyati, taqdim etayotgan imkoniyatlari, tanlov jarayonlari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish shartlari haqida batafsil ma’lumot berildi.