G.Siddiqova. – JDPU katta o’qituvchisi v.b. dottsent
Tel: 90 296-48-77
Ushbu maqolada uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglarga qo’yiladigan yangicha talablar, innovatsion ta’lim berish va nazoratga olish ishlari, shu bilan birga o’quvchi qobiliyatlari va imkoniyatlari, dars samaradorligini oshirishda didaktik omillar, musiqa darslarida foydalanishi mumkin bo’lgan ba’zi namunalar ko’rsatib o’tilgan.
В данной статье показаны новые требования к педагогам, работающим в системе непрерывного образования, инновационная педагогическая и кураторская работа, а также способности и возможности учащихся, дидактические факторы повышения эффективности урока, которые можно использовать на уроках музыки на некоторых примерах.
In this state, new requirements for pedagogues, working in the system of continuous education, innovative pedagogical and curatorial work, as well as the abilities and possibilities of flying, didactic factors of increasing the effectiveness of lessons, which can be used in music lessons and some examples, are shown in this state. .
Kalit so’zlar: Tizim, innovatsiya, texnologiya, mafkura, uzluksiz, jarayon, ob’ektiv, didaktik omil,
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin misli ko’rilmagan ulkan ishlar, islohotlar boshlanib ketdi. Ular orasida eng asosiy vazifalardan biri uzluksiz ta’lim tizimining yuzaga kelishi va unda tub o’zgarishlarni amalga oshirilishi bo’ldi. Shu jihatdan O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarida ta’lim–tarbiya masalalariga alohida e’tibor berilganini quvonch bilan ta’kidlab o’tishni istar edim. Mustaqillik tufayli mamlakatimizda ta’lim sohasi tubdan isloh etildi.”Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ularda ta’lim – tarbiyaga qo’yilayotgan yangicha talablarga o’ziga xos ifoda topdi. Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”asarida degan yedi,”Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi,boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi ,farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”. Bundan kelib chiqadigan hulosa, bola-boshdan degan gapga amal qilib, tarbiyani oiladan boshlash boshgag’ich ta’limga e’tiborni kuchaytirish lozim. Boshlag’ich sinflar yekng kuchli, bilimli, salohiyatli va tajribali o’qituvchilarni jalb qilish darkor. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bola bilan har tomonlama ishlay olishi, boladagi barcha o’zgarishlarni psixolog nuqtai nazaridan baholay olishi va bola psixologiyasidan kelib chiqib dars mashg’ulotlarini tashkil etish lozim. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2018-yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganlaridek: “Umumiy o’rta ta’lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish, farzandlarimizning har tomonlama kamol topishi uchun barcha sharoitlarni yaratish lozim. Hozirgi kunda faqat o’qituvchi mehnati va mahoratiga asoslanib tashkil etilgan ta’lim yaxshi samara bermasligi hech kimga sir emas”. Endi o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchiga tayyor bilim berish emas, balki bilimlarni mustaqil egallashlariga ko’maklashishdan iborat. Buning uchun o’quvchilarning o’z qobiliyati va imkoniyatlarini to’la-to’kis namoyon etishlari va butun kuch –g’ayratlarini bilim olishga sarflashlari uchun imkon beradigan darajada ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish zarur. Yurtboshimiz Sh. Mirziyoev ta’kidlaganilaridek,”Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Haqiqatdan ham hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan bo’lib qolmoqda. Buning uchun, avvalo, boshlang’ich sinflarda o’sib kelayotgan yosh avlodga mukammal ta’lim-tarbiya berish zarur. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari kuchli pedagogik mahoratga ega bo’lishlari shart. Ular o’quvchilarni to’la darsga qamrab olishlari, dars jarayoniga qiziqtira olishlari lozim. Uzluksiz ta’lim jarayonida har bir o’qituvchi innovatsion usullardan foydalana olishi, uni amaliyotda tadbiq eta olishi lozim. Bu jarayonda o’qituvchiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
-innovatsion texnologiya tushunchasini uning mazmun-mohiyatini bilishi;
-innovatsion texnologiyalarning ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi o’rni va rolini bilishi;
-innovatsion texnologiyalarni fanlar bo’yicha qo’llash printsiplarini bilishi;
-ta’limiy va ishchanlik o’yinlarini bilishi;
-muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlarini bilishi; -o’quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’monlash yo’llarini bilishi;
-o’quvchilarning o’z ustida mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullarini egallashi;
– ko’rgazmali o’qitish usullarini bilishi va egallashi.
Uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirishda boshlang’ich ta’lim sifatini tubdan oshirish, bolalarni kichikligidanoq kitob o’qishga qiziqtirish masalasi ham bevosita o’qituvchilarga bog’liq.
Shuni aytish lozimki, boshlang’ich ta’limning mamlakatimizda islohiy o’zgarishlar davrida, ya’ni uzliksiz ta’lim tizimidagi o’rni va ahamiyati yuksak darajaga ko’tarildi. O’qituvchilarning moddiy va ma’naviy mafkurasi oshdi. Ular yangi davr talablaridan kelib chiqqan holda o’quvchilarni o’quv jarayonida fanga va bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda oshib, o`qituvchi o`z ustida ko`proq ishlash imkoniyatini berdi.
Bugungi kunda ta’lim-tarbiya uzluksizligini ta’minlash o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatni yaxshilash bilan birga tenglik munosabatini o’rnatishga ham yaqindan yordam bermoqqda. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlar mazmuni va ahamiyatini chuqur va aniqroq tasavvur qilish maqsadida biz bu maqolada ta’lim, o‘yin, didaktik topshiriq, o‘yin topshiriqlari singari tushunchalarning ta‘rifi va ularning ma’nosini ochib berishga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Ta’lim – oquvchilarga ko‘nikma va malakalar berishning, bu bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilar o‘qib olishi, egallab olishi va ularni mustahkamlab olishining rejali jarayonidir. Ta’lim jarayoni – bolalar xotirasining boyishi, ular nutqi va tafakkurining o‘sish, turli xil metod va usullar yordamida sodir bo‘adigan vaziyatdir. O‘yin – bolalarning ongi, qalbiga singib ketgan faoliyatdir, ularning bu faoliyati, o‘yin turlariga qarab, obyektiv voqelikni, hayotni muayyan darajada o‘zida aks ettiradi. O‘yin sinfda o‘tilgan o‘quv faoliyatining ma’lum darajada davomi va mustahkamlanishidir. Tajribada shu narsa isbotlanganki, o‘yin kichik maktab yoshidagi o‘quvchi bolalarning zarur hayotiy ehtiyojidir. Didaktik o’yin afzalliklarini musiqa darsi orqali ko’rsatib bermoqchimiz.
Didaktik o‘yin – ta’lim beruvchi usul bo‘ib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga erishuvga, ya’ni o‘tilgan o‘quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘adi. Har bir didaktik o‘yinni o‘tkazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi. Ayniqsa musiqa darslarida o’tkaziladigan didaktik o’yinlar bolalarni xotirasini mustahkamlash bilan birga, eshitish, tinglash va kuylash qobiliyatlarini kam oshirishga qindan yordam bermoqda.
Masalan, “
So`zni tinglab top” o‘yiniga qo‘yiladigan didaktik topshiriq bolalarning fikrlash qobiliyatini o’stirish bilan birga eshitishsh qobiliyatini rivojlantiradi va topag’onlik xussusiyati oshirib xotirani charxlaydi.
Bu o’yinda bir bola sinf xonasidan tashqariga chiqariladi va eshik ortida turishi aytiladi. Sinf xonasidagilar 3 guruhga bo’lingan bo’lsa 3 bo’g’inli so’z topishadi. M: “Mu-si-qa” yoki “ Is-tiq-bol” yoki yana h…. Har bir guruh tanlangan so’zni bitta-bitta bo’g’inini tanlab oladi va eshik ortida turgan o’quvchini xonaga kirishini aytishadi. O’quvchi kirishi bilan 3 guruh birdaniga tanlangan so’zni o’zlariga tegishli bo’lgan bo’g’inini bir vaqtda bir ovozdan aytishadi.
O’quvchi bu paytda qaysi so’z aytilganini topishi kerak. Guruh a’zolari so’zni topish uchun 3 martagacha takrorlab berishlari mumkin. Shunda ham aytilgan so’z to’g’ri topilmasa o’quvchi chiqqan komanda yutqazgan hisoblanadi.
Didaktik topshiriq darsga qo‘yiladigan umumiy maqsadning bir qismini tashkil qiladi. Har bir didaktik o‘yinning ham har qanday o‘yindagi singari qoidalari bo‘ladi. O‘sha qoidalarga amal qilinmasa, o‘yinning o‘yin sifatidagi tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo‘qoladi. O‘yin qoidalari o‘yin topshirig‘iga kiritiladi. O‘yin topshirig‘i – o‘qituvchining bolalarga o‘yinning qanday o‘ynalishini, kim g‘olibligini aniqlashdan iborat.
“So`zni top” o‘yinida bolalarga uch bo`g`inli so`z toppish aytiladi. Bo`ginlar alohida qog`ozlarda yozib ko`rsatiladi. O‘yin qoidasi ovoz chiqarmasdan rasmda ko‘rsatilgan bo’ginlar birin ketin tartibsiz ko’rsatiladi. Bir o’quvchi ko’rsatilgan bo’g’inlardan yashiringan so’z nima ekanligini topadi. M: “Ter-val-in” – “
In-ter-val” so’zi edi. “Niya-mo-gar”- “
Gar-mo-niya” so’zi edi.
«
Qaysi belgi yashirindi?» o’yini. Bu o‘yinni boshlang’ich snflar bilan o‘tkazish mumkin. Bunday o‘yinlar turli usullarda o‘tkaziladi. Chunonchi: Bolalarda noto‘g‘ri tushuncha hosil bo‘ib qolmasligi uchun avval musiqada ishlatiladigan turli 10 ta belgilar ( pauza, chorak pauza, nuqta, krishendo, deiz, bemol, bekar, segma, va h…) ko’rsatiladi. So’ngra ulardan bittasi berkitiladi.Uni topish uchun doskaga bir o’quvchi chiqariladi va qiska vaqt ichida qaysi belgi yashiringanini topadi.
Bu o’yinni o’tkazishdan maqsad bolalar musiqada ishlatiladigan belgilarni esga oladilar va vazifasini takrorlaydilar. CHunki boshlang’ich sinflarda musiqada ishlatiladigan belgilarni ijro davomida nima vazifani bajarishini ko’p unutib qo’yadilar. Bu o’yin orqali xotirada yaxshi saqlab qolishga erishadilar.
“Bastakorni top!” o’yinida guruhlar alohida bo’linib olganlaridan so’ng birinchi guruh bitta qo’shiq nomini aytadi. Bastakori kim ekanligini ikkinchi guruh topadi. Bastakor nomi 1-2-3 deguncha aytilishi kerak. To’g’ri javob 5 ball bilan baholanib boriladi. So’ngra ikkinchi guruhga navbat beriladi. SHu tariqa o’yin davom etib oxirida yakuniy ballar hisoblanadi. Bunday o’yinlar chorak yakunida o’tkazilib turishi maqsadga muvofiq bo’ladi. CHunki o’rganilgan asar mualliflari yoki bastakorlari bolalarni yodlaridan chiqqanda yana bir karra eslatib qo’yish imkonini beradi.
Yuqorida tavsiya etilayotgan didaktik o’yinlar ta’lim sifatini oshirish bilan birga zamonaviy darsga qo’yilgan talabni va o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi tenglik munosabatini yaxshilaydi, nutq madaniyati va bolalardagi darsga bo’lgan qiziqishni oshiradi.
Adabiyotlar ro’yhati
- O’razova M.B., Eshpulatov SH.N. Bo’lajak o’qituvchining loyihalash faoliyati. // Metodik qo’llanma. – T.: TDPU Rizografi, 2014. 6,5 b.t.
- Pedagogika nazariyasi va tarixi // M.X.To’xtaxo’jaeva tahriri ostida. – T.: “Moliya-iqtisod”nashriyoti 2008. – 208 b.
3.Mark Feezell. “Music Txeory Fundamentals” Copyright. 2011 All Rigxts Reserved. Learn Music Txeory. Net-2011
4.R.J.Ishmuxamedov, M.Yuldashev Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.– T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.–279b.