Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Saylov2021 #Kelajaging_uchun_ovoz_ber_

“Talaba-yoshlar va saylov» talabalar forumi: Jizzax  davlat pedagogika  institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvni nomzodning ishonchli vakili Sarvar Nazarqosimov olib bordi va nomzod haqida batafsil ma’lumotlarni berdi. Saylovchilarni saylovlarda faol ishtirok etishi, o‘zi xoxlagan nomzodga ovoz berish har bir fuqaroning konstitutsion huquqi ekaligini ta’kidlab, Milliy tiklanish demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Alisher Qodirovni yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.   Shundan so‘ng, Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning saylovoldi dasturida ilgari surilgan ustuvor vazifalar va ularning mohiyati, ahamiyati xususida batafsil ma’lumot berdi. Milliy tiklanish demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Alisher Keldievich Qodirov partiya g‘oya va maqsadlaridan kelib chiqqan holda “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shiori ostida saylovga kirib kelgani va istiqbolda mamlakatimizni rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini oshirishni maqsad qilgani alohida ta’kidlandi. Qayt etilganidek, nomzodning saylovoldi dasturi 5 ta asosiy yo‘nalish, jumladan,  Tarbiya va ta’lim, Davlat boshqaruvi, Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, Ijtimoiy adolat, qadriyatlarga hurmat va fuqaro erkinliklarini ta’minlash, Tashqi siyosat sohasini qamrab olgan. Shu ma’noda, partiya o‘z g‘oyalarini hayotga izchil tatbiq etgan holda saylovda faol ishtirok etishga harakat qilmoqda. “Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi” g‘oyasini ilgari surib, aholining yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashish, ta’lim-tarbiya uzluksizligini ta’minlash, milliy urf-odatlar va qadriyatlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish kabi ezgu maqsadlarni ustuvor biladi. Uchrashuv co‘ngida Prezidentlikka nomzodning 22 sentabr kuni Jizzaxlik saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvda bildirgan fikrlari hamda ularning Dastur yuzasidan bergan savollariga qaytargan javoblari asosida tayyorlangan maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi. Ko‘rsatuvni tomosha qilgan saylovchilar nomzodning Dasturi haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘libgina qolmasdan, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javoblar topishdi.