Skip to main content

Горячая линия: +(99872) 226 68 10

(O`zbek) MAGISTRATURA QABULI BO‘YIChA E’LON

MAGISTRATURA QABULI BO‘YIChA E’LON ! 🎓 Jizzax davlat pedagogogika institutining 2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun magistratura mutaxassisliklariga bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlandi. 👆Ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalari bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya qilinganlar ro‘yxati ilova qilinmoqda. 👉Joriy yilning 23 noyabr kunidan boshlab o‘qishga tavsiya qilingan abiturientlar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishi hamda shartnomalarni rasmiylashtirish uchun institut qabul komissiyasi va bugalteriya bo‘limiga kelib uchrashishlari so‘raladi. ESLATMA: Shartnoma faqat ro‘yxatda keltirilgan abiturientlar bilan tuziladi va to‘lov-kontrakt shartnomasida belgilangan to‘lovni joriy yilning 1 dekabriga qadar amalga oshirilishi lozim. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun magistratura bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 97 5220700