Talaba qizlarning “Jizzax 2021” liboslar kolleksiyasi namoyish etildi
Shahrimizdagi Innovatsiya markazida «Jizzax 2021 » Jizzax davlat pedagogika institutining Fizika va texnologik ta’lim fakulteti Tasviriy sa’nat yo‘nalishi talaba- qizlarining ijodiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Jonli musiqa sadolari ostida namoyish etilgan turli mavzudagi liboslar turkumi ishtirokchilarni go‘yo ertaklar olamiga sayohatga chorladi. Yorqin ranglar, did bilan yaratilgan liboslar barchaning e’tiborini tortdi. Ayniqsa, zamonaviy uslub bilan uyg‘unlashtirilgan milliy liboslarimiz kolleksiyasi barchani hayratga soldi.
E’tiborli jihati, talabani baholashning bu usuli talaba uchun ham, ishitrokchilar uchun ham qiziq, bu kabi ko‘rgazmalar talabalarni ruhlantirib, g‘ayrioddiy va yangi dizayndagi liboslarni yaratishga turtki beradi. Ko‘rgazmada ishtirok etgan talabalar asosan liboslardagi matolarga, ranglariga, aksessuarlariga alohida e’tibor qaratishgan. Tadbir yakunida eng yaxshi deb loyiq topilgan liboslar mualliflariga esdalik sovg‘alar va diplomlar topshirildi.