Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/08/2022
Chop etish
«Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy seminari» ishtirokchisi Muqaddas Mamarasulova rektor qabulida bo‘ldi.

Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi  talabasi Muqaddas Mamarasulova  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan «Do‘rmon» ijod uyida «Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy seminari» da “Badiiy tarjima” yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etgan edi. Ushbu seminardan bir olam taassurotlar bilan qaytgan talabamiz ilmiy raxbari  S.Sadikova bilan oliygoh rektori qabulida bo‘lishdi.Uchrashuv davomida  Muqaddas Mamarasulova  seminar taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Institut rektori Sh.Sharipov ustoz va shogiridni  yutug‘lari bilan tabriklab, iqtidorli talabamizning “Badiiy tarjimonlar uyushmasi”ni ochish taklifini  qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Suhbat davomida  kelgusida  iqtidorli talabamizning nafaqat shu yo‘nalishda  balki boshqa yo‘nalishlarda ham iqtidorini namoyon qilib, tashabbuskorlikni qo‘ldan bermasligini ta’kidlab o‘tdi.


Ulashish:
1 076
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...
Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.
Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar ochiqlik va shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda
Jizzax viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hududida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etildi.