Unda “Zakovat” o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan jamoa a’zolari hamda universitet terma jamoasi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida universitet zakovat klubi jamoalarini saralash mexanizmi, “Kitobxon talaba” tanlovini yanada takomillashtirish, o‘yin turlarini rivojlantirish va kuchli terma jamoani shakllantirish masalalari muhokama qilindi.






Shuningdek, respublika miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish yuzasidan talabalar tomonidan bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
