Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/03/2026
Chop etish
Rektor va yoshlar uchrashuvi: sport sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda talabalarning sportdagi yutuqlari, mavjud shart-sharoitlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Tadbirni universitet rektori YuldashevMarsudjan Abdullayevich kirish so‘zi bilan ochib, talabalarimizning respublika va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Xususan, sport turlarida shaffof tizimni yo‘lga qo‘yish, halollik va adolat tamoyillarini qat’iy ta’minlash, so‘nggi besh yil davomida yuqori natijalarga erishgan chempion va sovrindorlarni keng targ‘ib qilish muhim vazifa ekani ta’kidlandi. Rektor har bir talabaning taklifini tinglash va ular bilan ochiq muloqot olib borishga doimo tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv avvalida sportning kikboksching, sambo, kurash, voleybol, basketbol va grippling yo‘nalishlari bo‘yicha yanvar–fevral oylarida yuqori natijalarga erishgan bir guruh talabalar taqdirlandi.

Shundan so‘ng fakultet dekani Furqat Ahmedov tomonidan fakultetning sport infratuzilmasi, moddiy-texnik bazasi, xalqaro natijalar hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan taqdimot qilindi.

Muloqot jarayonida talabalar xorijiy murabbiylarni jalb etish, mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish, yangi sport yo‘nalishlarini ochish va qulay sport muhitini yaratish bo‘yicha takliflar bildirdilar.

Tadbir yakunida sport sohasini yanada rivojlantirish, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Uchrashuv badiiy chiqishlar bilan yakunlandi.


Ulashish:
38
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor va yoshlar uchrashuvi: sport sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jismoniy tarbiya va sport fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda talabalarning sportdagi yutuqlari, mavjud shart-sharoitlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi....
Jizzax davlat pedagogika universitetida milliy qadriyatlar va diniy tahdidlarga qarshi ma’naviy immunitet masalalari muhokama qilindi.
“Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” hamda “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Unda viloyat va universitet rahbariyati,...
Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi Isroilova Sanam 70 yoshni qarshiladi.
Isroilova Sanam 1994-yilda Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 1975–1979-yillarda Samarqand viloyati Payariq tumani kutubxonasining o‘quv zali mudirligidan boshlagan.