Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Uncategorized
Uncategorized
|
27/06/2024
Chop etish
RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 26 iyun kuni   https://t.me/eltuz2022 Telegram kanalida eʼlon qilingan «Talabalarga nisbatan bo‘layotgan adolatsizlik qachon barham topadi?” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan murojaat bo‘yicha Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyatining

MUNOSABATI

Mazkur postda murojaatchilar “Jizzax davlat pedagogika universiteti sirtqi bo‘lim 2-oliy taʼlim 4-kurs talabalari nomidan 2021-2022 o‘quv yilida JDPU sirtqi bo‘lim 2-oliy taʼlimga suhbat asosida o‘qishga qabul qilingani, suhbat jarayonida JDPU rektori ishtirok etib barchaga o‘qish muddati 3 yilligini taʼkidlagani, ammo 2022 yil may oyida  Vazirlar Mahkamasi chiqargan  qarorga ko‘ra yana yana 1 yil qo‘shimcha o‘qish kerak ekanligi, JDPU sirtqi bo‘limi xodimlari kontrakt edu.uz  dan shartnomani yuklab olishni juda tezlatib yuborgani, 4-kurs talabalarini yakuniy imtihonlardan ataylab yiqitishayotganini” bayon qilishgan.

«Taʼlim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 sentyabridagi 606-son  qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bob “Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda o‘quv jarayonini tashkil etish” 14-bandida Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qatʼiy nazar, 2-kursdan boshlanishi belgilab berilgan.

Ushbu  hujjatlarda ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda o‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi deb ko‘rsatib o‘tilgan.

Amalda davlat taʼlim standartlariga asosan sirtqi taʼlim shaklida o‘qish muddati 5 yil, Kunduzgi taʼlim yo‘nalishlarida 4 yil (Maktabgacha taʼlim, musiqa taʼlimi, jismoniy madaniyat, tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi, texnologik taʼlim yo‘nalishlarida 3 yil) etib belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda sirtqi taʼlim yo‘nalishlarida ikkinchi mutaxassislik o‘qish muddati 4 yil, kunduzgi taʼlimda ikkinchi mutaxassislik o‘qish muddati 3 yil.

2021-2022 o‘quv yili ikkinchi mutaxassislikka o‘qishga qabul qilingan talabalarga texnik xatolik sabab kunduzgi taʼlim ikkinchi mutaxassislik shartnomasi berilgan.

Mazkur texnik xatolik oliy taʼlim muassasalari kontrakt shartnomasi kontrakt.edu.uz tizimiga o‘tkazilgandan so‘ng bartaraf etilgan.

2021-2022-o‘quv yili ikkinchi mutaxassislik sirtqi taʼlim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan taʼlim yo‘nalishlari o‘quv rejalari 4 yilga mo‘ljallangan holda ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan.

2021-2022-o‘quv yili ikkinchi mutaxassislik sirtqi taʼlim yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalar 4 yil o‘qishi kerakligi rasmiy ogohlantirilgan hamda kontrakt.edu.uz tizimi orqali shakllantirilgan yangi shartnomada ham 4 yillikka mo‘ljallangan.

Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati


Ulashish:
930
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...
30 nafar mentorning mualliflik taqdimot-darslari maxsus komissiya tomonidan baholandi.
O‘tgan galgi uzluksiz kasbiy rivojlanish seminarlari doirasida Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida tashkil etilgan 3 kunlik seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar orasidan saralab olingan 30 nafar mentor o‘zlarining mualliflik...
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi uzluksiz kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun har shanba kuni o‘tkazilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari doirasida “Bilim va o‘zlashtirishni baholash uchun test topshiriqlarini ishlab chiqish...