Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
30/04/2019
Chop etish
Qadimiy Jizzax vohasi – Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida

Qadimiy Jizzax vohasi – Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi  Arxeologik tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligida “Qadimiy Jizzax vohasi – Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida” (siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot)  mavzusida o‘tkazilgan respublika  ilmiy – amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

2019 yil 26-aprel kuni institut Madaniyat saroyida  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi  Arxeologik tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligida “Qadimiy Jizzax vohasi – Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida” (siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot)  mavzusida respublika  ilmiy – amaliy anjuman o‘tkazildi.

            Mazkur anjumanda Jizzax viloyati hokimi E.A.Salievning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik so‘zini viloyat hokimining o‘rinbosari B.Q.To‘xtamishov o‘qib eshittirdi.

         Shundan so‘ng yalpi majlisda respublikamizning tarix fani nomoyondalari  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi A.A.Asqarov,  tarix fanlari doktori, professor T.Sh.Shirinov, tarix fanlari doktori, professor R.X.Sulaymonov, tarix fanlari doktori, professor M.M.Is’hoqov va  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi  Arxeologik tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi tarix fanlari nomzodi, dotsent M.H. Pardaevlar o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Tushlikdan keyin ilmiy – amaliy anjuman ishtirokchilari quyidagi shu’balarda o‘z faoliyatini davom ettirdi:

I shu’ba: Jizzax arxeologiyasi kecha va bugun – istiqboldagi vazifalar.

Rais: M.H.Pardaev

Kotib: J.B.Begimqulov

II shu’ba: O‘zbekiston tarixining o‘rganilishda arxeologiya, etnologiya – etnografiya. Tarixshunoslik va manbashunoslik masalalari.

Rais: A.S.Sagdullaev

Kotib: F.E.Toshboev

III shu’ba: O‘zbekiston tarixining o‘rganishning dolzarb masalalari (qadimgi davrdan hozirgi kungacha)

Rais: M.M. Is’hoqov

Kotib: F.Sh.Aqchaev

IV shu’ba: O‘zbek xalqining etnik shakllanishi, davlatchiligi va shaharsozligi tarixi.

Rais: A.A.Asqarov

Kotib: U.S.To‘pchiev

Ilmiy-amaliy anjuman yakunida ilmiy xulosalar va takliflar tayyorlandi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari:                    F.Akchaev

 

 

 


Ulashish:
1 317
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdagi Speaking Club bo‘lib o‘tdi!
“Shanba – ijtimoiy faollik kuni” doirasida tashkil etilgan ushbu galgi Speaking Club talaba-yoshlarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, erkin fikrlash va muloqot madaniyatini oshirishga qaratildi.
Jizzaxda Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bag‘ishlangan tantanali saf yurishi o‘tkazildi.
Jizzax viloyatida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan tantanali harbiy saf yurishi hamda “Otlar paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.
“Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida sport tadbirlari boshlandi.
Barcha oliy ta’lim muassasalarida aprel va may oylari “Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida shanba — ijtimoiy...