Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
28/01/2026
Chop etish
PORA OLISH – JAZOSI MUQARRAR JINOYAT!

Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan xavfli illat hisoblanadi. Xususan, pora olish jinoyati davlat boshqaruvi tizimiga putur yetkazib, fuqarolarning ishonchini susaytiradi. Shu sababli qonunchiligimizda bu qilmish uchun qat’iy javobgarlik belgilangan.

Pora olish — mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxs manfaatlarida bajarishi yoki bajarmasligi evaziga, shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishidir.
Qonun oldida hamma teng. Mansab, lavozim yoki obro‘ javobgarlikdan ozod qilmaydi. Har bir davlat xizmatchisi halollik, vijdon va mas’uliyat bilan faoliyat yuritishi shart.Korrupsiyaga qarshi kurash — bu faqat davlat organlarining emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasidir.


Ulashish:
1 469
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar va sprot masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida...
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida u talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faolligini yanada oshirishga doir fikr va takliflarini bildirdi.