Oʻzbekistondagi rus tili oʻqituvchilari uchun konferensiya tashkil etildi.
Ayni paytda Buxoro shahrida Rossiya Federatsiyasi Moskva shahar tashqi iqtisodiy va xaqaro aloqalar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan rus tili o‘qituvchilari uchun “Rus tilini o‘qitishdagi zamonaviy lingvodidaktik innovatsiyalar” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu konferensiya Joriy yilning 17-20 noyabr kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir dasturida rus tilini, jumladan, rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning dolzarb mavzularida yalpi majlis, mahorat darslari va interaktiv ma’ruzalar o‘tkazish belgilab qo‘yilgan.
Mazkur anjumanda Jizzax davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Qo‘shma ta’lim dasturlari kafedrasi mudiri Marlen Jelyalov ham ishtirok etmoqda.
Tadbir Rossiya Federatsiyasining Moskva shahar tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar boshqarmasi tomonidan tashkil etildi