“O‘zbekistonnig YeOII ga a’zo bo‘lish oqibatlari tahlili “ Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan taqdimotda A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti talaba yoshlari ishtirok etishdi. Aytish joizki, markaz o‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo bo‘lishining iqtisodiy modellashtirish va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalangan holda tadqiqot olib bormoqda. Tadqiqot natijalari asosida hisobot tayyorlandi.
Taqdimot davomida markaz vakili Muhammadjon Bobojonov YeOII doirasida integratsiya jarayonlarining ta’sirini baholash va batafsil tahlil qilingan keng ko‘lamli ishlar haqida gapirdi. Jumladan, tadqiqot natijalari va YeOIIga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotiga olib kelishi mumkin bo‘lgan samaralar haqida ham to‘xtalib o‘tildi
«O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi milliy mahsulotlarning Ittifoq mamlakatlari bozorlariga chiqishidagi to‘siqlarni yo‘qotishi va eksportchilar uchun bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Ittifoqning kengayishi, bu tashkilotning boshqa davlatlar bilan erkin savdo zonalarining tashkil etilishi o‘zbek eksportining bu mamlakatlar bozorlariga kirib borishiga ko‘maklashadi», – dedi qtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi vakili Muhammadjon Bobojonov
Savol javoblar va qizg‘in munozaraga boy bo‘lgan tadbirda iqtisodiyotning turli tarmoqlari sharoitida O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar taqdim etildi. Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra “O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishi bilan O‘zbekistonda bog‘dorchilik va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga yordam beradigan chegaralardagi keraksiz talab va to‘siqlarni bartaraf etish orqali yetkazib berish logistikasini yaxshilaydi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni kamaytiradi.
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati