Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/12/2017
Chop etish
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlab Yugurish(marafon) musobaqasi bo`lib o`tdi

20.12.2017 yil Jizzax shaxrida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlab viloyat sport qo`mitasi, yengil atletika federatsiyasi va qator tegishli tashkilotlar tashabbuslari bilan kross yugurish bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada viloyat tashkilotlaridan sportchilar, xavaskor yuguruvchilar, kollej, maktab o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalar talabalari va keng jamoatchilik qatnashdilar.

Musobaqada institut Jismoniy madaniyat va sport turlarini o‘qitish uslubiyati professor-o‘qituvchilari va jismoniy madaniyat fakultetining 30 nafardan ortiq talabalari ishtirok etishdi. Musobaqa boshlanishidan oldin atoqli davlat arbobi va yozuvchisi Sharof Rashidovning xaykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari xaykal poyiga gul quyib xurmat bajo keltirishdi.

Yakunda xotin qizlar o‘rtasida Jismoniy madaniyat fakultetining 912-16 gurux talabasi Nishonova Zilola faxrli birinchi o‘rinni egalladi. 913-14 gurux talabasi Qarshiboeva Zuxra uchinchi o‘rin va 920-15 gurux talabasi Isroilova Moxidil  kuchli sakkizlikdan o‘rin oldi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqada jismoniy madaniyat fakulteti 911-16 gurux talabasi Safarov Begzod faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu sovrindor talabalarni fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida tabriklab targ‘ibot ishlari olib borildi.


Ulashish:
1 211
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.